B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov



Download 149,6 Kb.
bet28/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

introvert tur uchun odamovilik, muomalada va atrofdagilar bi­lan aloqa o‘rnatishda qiynalish, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish xosdir;

  • ekstrovert turga his-hayajonga tamomila berilganlik, ba’zan muomala va faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat’i nazar, unga intilish, ko‘p gapirish, qiziqishlarining doimiy emasligi, ba’zan maq- tanchoqlik, yuzakilik, konformlilik xos;

  • boshqarib bo‘lmaydigan tur - bunga g'ayri-tabiiylik, munoza- ralilik, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan esa shubhalanib qarash xos.

    Xarakterning tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amal­ga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular, o‘z navbatida, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan, ijtimoiy tuzumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xusu- siyatlarigina emas, balki xarakterning individual xususiyatlari (xislat- lari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi.
    Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos belgilari shakllanadi. Bolalar bog‘chasi- dagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi.
    Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat daraja- da barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin ke- chadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Inson- ning rostgo‘ylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi.
    Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
    Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xusu- siyatlariga va, avvalo, asab tizimi turiga bog‘liqdir. Chunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi.
    Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat- lariga bog‘liqdir. Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda, flegmatik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va vahimani bartaraf etish melan- xolik uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
    Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o‘zini tuta bilishni va o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, sangvinik- larda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadiIII.
    Xarakter kishining xulq-atvor dasturidir. Kishining faoliyati, uning xulq-atvori, eng avvalo, uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan belgilanadi va shaxsining yo’nalganligi - qiziqishlari, ideallari va e’tiqodining majmui doimo uning xulq-atvori va faoliyatining asosiy determinanti bo‘lib qoladi.
    Biroq shaxs yo‘nalishida ko‘plab umumiylik bo‘lgan va maq- sadlari bir-biriga to‘g‘ri keladigan ikki kishida ana shu maqsadlarga erishish uchun ular foydalanayotgan usullarda jiddiy farqlar bo‘lishi mumkin. Ana shu farqlar ortida shaxs xarakterining xususiyatlari turadi. Kishining xarakteridagi tipik holatlarda go‘yo uning xulq- atvori uchun tipik dasturning poydevori qo‘yilgan bo‘ladi.
    Shunday qilib, xarakterning xususiyatlari muayyan undovchi, vaj- sabab bildiruvchi kuchga ega bo‘ladi, bu kuch ko‘pincha xatti-harakat usulini tanlash, muayyan qiyinchiliklarni yengish zarur bo‘lgan vaqtlarda, stress holatlarida eng ko‘p darajada namoyon bo‘ladi.

    Download 149,6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish