Xarakter va holat. Xarakter shaxsning atigi bir tomoni, lekin bu shaxs degani emas. Ekstremal vaziyatda yoki shunchaki tanlash va- ziyatida qoldirilgan kishi mavjud holatlardan ustun bo‘lishga, shu jumladan, xususan o‘z xarakteridan yuqori ko‘tarilishga ham qodirdir.
Psixologiya fanida xarakter va qobiliyatning shakllanib borishi bevosita shaxsning yosh davrlariga bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, har bir yosh davri o‘ziga xos belgiga ega bo‘lib, uning o‘rnini hech qan- day yosh davri bosa olmaydi. Biroq turli shaxslarda yosh davrlari turlicha kechishi fan nuqtai nazaridan izohlangan.
Temperamentning xususiyatlari xarakterning ko‘rinishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ularning paydo bo‘lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi.
Xarakter tuzilishining qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, mu- him tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining ba’zi nuqsonlari (qo‘pollik va yolg‘onchilik)ni bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlari (xushfe’llik va rostgo‘ylik)ni shakllantirish mud- daosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirmay turib, illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz.
Shu narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyat- larning yaxlit bir tizimini tarkib toptirish mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini shakllantirishning muhim shartlaridan biri shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
2. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odam- ning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’rifla- nadi.
Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar im- koniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos.
Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarini atrof muhitdagi odamlar tan olmagan, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geomet- riya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalarning o‘qigan davrida buyuk olim bo‘lib yetishishiga hech qanday kafolat yo‘q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqa- digan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamika- sida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual- psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniq- lash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofiq: a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir).
Do'stlaringiz bilan baham: |