8-ma’ruza
ASOSIY IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
KO‘RINISHLARGA TAVSIF
Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi.
Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat.
Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi va statistikasi.
Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi
Psixologiya bilimlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez ri- vojlanib borayotgan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, avva- lo, ijtimoiy hayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarning ijtimoiy-psixologik ji- hatdan o‘rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo‘lyapti. Ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan insonning o‘zini atroflicha o‘rganishga bo‘lgan talabning ortib borayotganligi sabab bo‘lmoqda. Inson murakkab mavjudot, shuning uchun uni bir qancha fanlar o‘rganadi.
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan va uyushmagan kishilar birligida odamlarning o‘zaro ijtimoiy munosa- batlarga kirishishi natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodi- salarni, shuningdek shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va uning qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Odamlarning faqat individual-psixologik xatti-harakatlarinigina emas, balki ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorlarini o‘rganish va uni bayon etish qadimgi dunyoning bu- yuk olimlari Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur kabilarning asarlarida uchraydi. Chunonchi, Aflotunning «Respublika», Arastuning «Siyo- sat» va «Etika» asarlarida, keyinchalik o‘rta asrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar - Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar», Jaloliddin Rumiyning «Ichingdagi ichingdadir» kabi asarlarida shaxsning ruhiy va etnik (milliy) xususiyatlari, uning turli xil urf-odatlari, an’analari, udum va marosimlarini o‘rganish va tushuntirib berishga bo‘lgan intilish kuchli bo‘lganini ko‘ramiz.
Hozirgi kunga kelib guruhlar muammosi ustida bir necha fanlar mustaqil izlanishlar olib bormoqda. Biroq psixologiya nuqtai nazari- dan «guruh», «jamoa», va «lider» tushunchalari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Uning zamirida guruhlarning ijtimoiy-psixologik kelib chiqi- shi, shakllanish jabhalari, strukturasi, shaxslararo munosabatlari yotadi.
Ma’lumki, jamiyatimizda bir qancha tashkilotlar, jamoalar, uyush- malar, guruhlar, partiyalar, turli xil siyosiy harakatlar va bir qancha turli xil ko‘rinishdagi jamoalar mavjud. Shu bilan birga, jinoiy olam- ning guruh, tashkilot, uyushma va harakatlari ham mavjud bo‘lib, aksariyat hollarda bunday to‘dalar sovuq va o‘qotar qurollarga ega bo‘ladilar.
Mustaqil O‘zbekistonimizda ham shunga o‘xshash terroristik, di- niy-ekstremistik guruhlar mavjuddir. Bu guruhlar muqaddas islom dinini niqob qilib olgan holda yoshlarning ma’naviyati, mafkurasi va dunyoqarashini buzmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ikkinchi cha- qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida ham jinoyatchilikka, ayniqsa o‘smirlar va ayollar- ning jinoyat olamiga kirib kelayotganini ta’kidladi: «Bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlar miqdorining 4 %, ayollar tomonidan sodir etilayotgan ji- noyatlar esa qariyb 11 foizini tashkil etadi. Jazoni ijro etish muassasa- larida jazo muddatini o‘tayotganlarning umumiy miqdorining 1 % i voyaga yetmaganlar, 2,3 % i esa ayollardir»V. Bu ko‘rsatkichlar in- sonlarning turli xildagi oqimlar va jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketishi- dan dalolat beradi.
Shaxsni kamol toptiradigan va tarbiyalaydigan jamoa o‘zi bilan jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Mehnat jamoasi o‘zining yuksak ko‘rinishlarida kishi shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoit yaratadi. Psixologiyada jamoa muammosini guruh- larni tahlil qilib bo‘lgandan so‘ng o‘rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |