B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov



Download 149,6 Kb.
bet40/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Guruh muayyan belgiga, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga aloqador bo‘lgan ijtimoiy jamoa hisobla- nadi. Guruhlarning tavsiflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo‘lib, kichik va katta guruhlarga bo‘linadi, o‘z navbatida, ular ham shartli ravishda formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga bo‘linadi. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni rivojlangan va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga, uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga bo‘linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan ijtimoiy xususiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo‘lishi mumkin.
Katta guruhlar ba’zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritil- gan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilishi uchun asos bo‘lgan belgilariga ko‘ra, umumiy ijtimoiy va psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin.
Katta guruhlardagi (katta muhit) ijtimoiy-psixologik hodisalar o‘r- ganiladi. Bunga milliy urf-odat, xarakter, turli sinf va ijtimoiy qatlam- larga xos psixologik xususiyatlarning vujudga kelish qonuniyatlarini o‘rganish, shuningdek ommaviy axborot vositalari (radio, televide- niye, matbuot, internet va boshqalar)ning kishilar jamoasiga ko‘rsata- digan ta’siri va uning mexanizmlari, ijtimoiy qadriyat, kishilar o‘rtasi- da modalarning vujudga kelishi va uning yoyilishi, turli-tuman mish- mishlarning tarqalishi kabi masalalarni o‘rganish kiradi.
Kichik guruhlar, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmagan ikki kishidan tortib bir necha o‘n kishini birlashtiradi. Kichik guruhlarga: oila, o‘quv maskanidagi guruhlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi brigada- larni kiritish mumkin. Kichik guruh birlamchi va mikroguruh deb ham yuritiladi. Bu guruhda shaxsiy munosabat va aloqalar bevosita va mustahkam asosga qurilgan bo‘ladi. Kichik guruhning jamiyatda tutgan o‘rni haqida gapirganda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  1. inson bolasi o‘ziga mansub bo‘lgan guruh a’zolari bilan ijti- moiy munosabatlarga kirishgandagina, u shaxs bo‘lib voyaga yetadi. Jamiyatdan tashqarida inson shaxs bo‘lib voyaga yetmaydi, jamiyat esa kichik-kichik guruhlardan tashkil topgan yirik ijtimoiy organizm- dir. Shaxsga xos bo‘lgan qaysi bir xususiyatni: saxiylik yoki xasislik, rostgo‘ylik yoki yolg‘onchilik, kamtarinlik yoki takabburlik va shunga o‘xshash yuzlab xususiyatlarini olib o‘rganadigan bo‘lsak, uning bar- chasi ijtimoiy xarakterga ega ekanligini bilamiz;

  2. guruh doimo shaxs faoliyatiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsa- tib, uning xulq-atvorini nazorat qilib turadi. Shaxsning guruhda baja- radigan faoliyati bilan tanholikda o‘zi bajaradigan faoliyati o‘rtasida tafovut mavjudligi eksperiment asosida o‘rganilgan;

  3. kichik guruhlarda maqsadlar va faoliyatning umumiyligi mav- jud bo‘ladi. Birgalikda qilinadigan faoliyat guruhiy ongni paydo qi- ladi, ya’ni ma’lum guruhga mansublik unda mavjud bo‘lgan tartib- qoidalarga bo‘ysunish, burch, mas’uliyat, vazifalarni anglash shaklla- nadi;

  4. kichik guruhga ta’sir etib turuvchi liderning (peshqadam) ajra- lib chiqishi, uning tan olinishi guruh faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Qator amaliy va nazariy maqsadlar kichik guruhga xos bo‘lgan qonuniyatlarni chuqurroq bilib olishni taqozo qiladi. Bularga quyida- gilar kiradi:

  1. jinoyatchilikka qarshi kurashishda va ularning oldini olishda, jamiyatda qonunbuzarlik va jinoyatlarni to‘ldiruvchi ijtimoiy-psixolo- gik omillar o‘rganiladi;

  2. psixologik mos kelish masalalarini o‘rganish, qiyin, murakkab sharoitlarda ishlash uchun sherik tanlash masalasi;

  3. guruh tuzilishi, uning strukturasi, miqdorini bilish. Faoliyat xa- rakteriga ko‘ra, guruh miqdori har xil bo‘lishi mumkin.

Guruh a’zolari o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar maqsad va xarakteriga ko‘ra barcha guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga bo‘lishimiz mumkin.
Rasmiy guruhda guruhning har bir a’zolarini tutgan o‘rni, huquq va burchlari, qat’iy normalari, qoidalari asosida belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Shu normalar asosida shaxslararo munosabatlar vujudga kela- di. Xizmat vazifalarini bajarish xarakteri, mas’uliyat darajasi va guruh faoliyatiga qo‘shgan hissasiga qarab guruhlarning har bir a’zosi o‘z mavqeiga ega bo‘ladi.
Norasmiy guruhda aniq maqsadlar belgilanmagan kishilar o‘rtasi- dagi munosabatlar esa hissiy-psixologik tuyg‘ular orqali qo‘shilgan bo‘ladi. Norasmiy guruhdagi munosabatlar ma’lum bir tuzilishga, nor- malarga ega bo‘lishi ham mumkin. Agar norasmiy guruh rasmiy guruh ichida bo‘lsa, u jamoadagi guruh deyiladi. Bunday guruh a’zolarining aksariyati bir-birlarini yaxshi bilgan kishilar bo‘ladi.
Hozirgi kunda respublikamizda turli xil jinoiy norasmiy guruhlar mavjuddir. Ularning maqsad va vazifalarini guruh lideri belgilaydi. Turli ekstremistik-terroristik, uyushgan jinoiy guruhlar hamda diniy- ekstremistik guruhlar bularga misol bo‘la oladi. Ularning asl maqsadi har xil terroristik harakatlar, omma orasida mish-mishlar tarqatish, ommani turli diniy-ekstremistik g‘oyalar bilan zaharlash, davlat to‘ntarishini uyushtirib, hokimiyatni qo‘lga olish, dinlararo va millat- lararo adovat va nafratni qo‘zg‘atishdir. Bu norasmiy guruhlar asosan kichik guruhlarni tashkil etadi.
Birgalikda qilinayotgan faoliyatning mazmuni, maqsadi, vazifa- lari, prinsip va ahamiyatiga ko‘ra guruhlar turlicha bo‘ladi. Kichik guruhlarning bir necha turlari mavjud.

Download 149,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish