37
oilasiga mansub, bo„yi 1-1,5 metr, guli yirik, pushti, sariq, kishini o„ziga jalb qiladigan butadir. Hozirgi kunda ekiladigan turfa atirgullarning
ko„pchiligi shu na‟matakdan kelib chiqqan.
2.
Nafis chayqaladi bir tup na‟matak,
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko„tarib bir savat oq gul,
Viqor -la o„shshaygan qoya labida… (O.)
Har ikkala matnda ham bir narsa haqida fikr yuritilgan. Birinchi matnda botanik olim na‟matak o„simligi to„g„risida ilmiy izoh beradi
– ta‟riflaydi. Shoir esa nazmiy misralarda shu butaning rangli obrazini yaratadi, na‟matakka ta‟sirli, jozibali va shoirona tavsif beradi.
Demak, adabiy tilda bir-biridan farq qiladigan uslublar mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma‟lum bir sohasida qo„llanadigan ko„rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslublar tilning asosiy
vazifalari (kommunikativ, ekspressiv)ga ko„ra bir qancha turlarga bo„linadi. Shunga ko„ra, ular vazifaviy uslublar deb ham yuritiladi. Ya‟ni
nutq uslublari til ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan sistemasidir.
Tilshunoslikda nutq uslublarining besh ko„rinishi mavjudligi va bu uslublarning har biri o„ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi qayd
etiladi. Bular quyidagilar:
ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, publitsistik uslub, so„zlashuv uslubi, badiiy uslub.
Fan-texnika, san‟atning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar, ilmiy-texnik xabarlar, maqolalar, tezislar ilmiy uslubda
yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma‟lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (qoidalar, ta‟riflar, aksiomalarga) boy bo„lishi bilan boshqa
nutq uslublaridan farqlanadi.
Ilmiy uslubdagi nutq monologik xarakterga ega bo„lib, unda obrazlar, obrazli tasvirlar, ko`chma ma‟noli so`zlar, majoz, bo`yoqdor
so`zlar, iboralar deyarli uchramaydi. Bu uslubga mantiqiy fikrlash, abstraksiya, analiz, sintez, tushunchaga mos keladigan atamalar bilan
ish ko„rish - xos xususiyatlardir. Shuning uchun u o„rganuvchining his-tuyg„ulariga emas, ongiga, tafakkur –shuuriga ta‟sir etadi. Ilmiy
uslubda har bir fanning o„ziga xos ilmiy terminlaridan foydalanadi. Masalan, tilshunoslikda
morfologiya, sintaksis, fe‟l, tuslanish, kesim,
giponimiya kabi atamalar; matematikada
teorema, tenglama, kosinus, sinus, parallelopiped, gipotenuza kabi atamalar; meditsinada
analgin, adeopan, glyukoza, validol, penitsillin, glitserin kabi atamalar ishlatiladi.
Ilmiy uslubda so„zlar, odatda, o„z ma‟nosida qo„llaniladi. Qoida yoki ta‟rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan izoh
bo„laklar, kirish so„z, kirish birikma va kirish gaplar, shuningdek, ergashgan qo„shma gaplardan ko„proq foydalaniladi. Gaplarning kesimi,
odatda , aniq yoki majhul nisbatdagi fe‟llar bilan ifodalanadi; moslashuvli birikmalar deyarli hamma vaqt belgisiz (gap bo„lagi, unlilar
tasnifi, so„z o„zagi kabi): sonlar raqamlar bilan; birinchi shaxs birlikdagi kishilik olmoshi (men) ko„plik shaklida (biz) beriladi. Ilmiy uslubda
gap bo„laklari tartibida inversiya uchramaydi. Ilmiy uslubga xos bo„lgan asosiy xususiyatlar deyarli barcha tillarga, jumladan, rus, ingliz,
nemis, fransuz va h.larga ham tegishlidir.
Hukumat idoralari tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar,nizomlar, xalqaro hujjatlar, ariza, tilhat, ma‟lumotnoma, shartnoma,
chaqiruv qog„ozi, taklifnoma, tavsifnoma, e‟lon, tarjimai hol, hisobot kabilar rasmiy - idoraviy uslubda yoziladi. Bu uslubdagi nutq boshqa
uslublarga qaraganda ancha siqiq va chegaralangandir. Rasmiy- idoraviy uslubning ham o„ziga xos lug„aviy va grammatik xususiyatlari
mavjud: so„zlar o„z ma‟nosida ishlatiladi, qisqartma so„zlardan, har bir sohaning o„ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Chunonchi, sud
jarayoni bilan bog„liq ish qog„ozlarida
jinoyat, hukm, qonun, ...-modda kabi; universitet ish qog„ozlarida
rektorat, dekanat, kafedra,
Do'stlaringiz bilan baham: