B mengliyev, G. Tojiyeva


qurultoy,  anjuman,  deputat,  kengash,  hukumat    rahbarlari,  davlat



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/301
Sana06.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#139922
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

qurultoy,  anjuman,  deputat,  kengash,  hukumat    rahbarlari,  davlat  kabi  ijtimoiy-siyosiy  so„zlar  ko„p  qo„llaniladi.Gap  bo„laklari, 
ko„pincha, odatdagi tartibda bo„ladi, gap kesimlari buyruq va xabar maylidagi fe‟llar bilan ifodalanadi. 
So„zlashuv uslubi uchun hos bo„lgan eng asosiy xususiyat bu uslubda adabiy til me‟yorlariga rioya qilinishi va nutqning dialogik 
xarakterda ekanligidir. Bu uslub uchun xos bo„lgan xususiyatlar quyidagilar: 
1) uslubiy bo„yoqdor so„zlardan foydalaniladi: do„ndiq, vaysamoq, bashara kabi;  
2) nutq  jarayonida tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatiladi: matbachi ( matbaachi) mazza (maza),  haqqi (haqi) kabi; 
3) izohlovchilardan ko„proq foydalaniladi: Salima opa,  Toshpo„lat do„xtir kabi; 
4) iboralar, maqol, matal, hikmatli so„zlar ko„p uchraydi: jonim chiqdi, boshi ochiq,... kabi; 
5) so„zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho„zish: ka-a-atta, huv-v-v kabi; 
6) gap bo„laklarining tartibi erkin bo„ladi, to„liqsiz gaplardan, undalmali gaplardan  foydalaniladi. 
Nasriy,  nazmiy  va  sahna  uchun  mo„ljallangan  dramatik  asarlar  badiiy  uslubda  bo„ladi.  Badiiy  asarlar  kishiga  ma‟lumot  berishi 
bilan birga obrazlar vositasida estetik  ta‟sir ham ko„rsatadi. Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda yozuvchi tilda 
mavjud  bo„lgan  vositalarning  hammasidan  foydalana  oladi.  Hatto  tasvirlanatgan  davrning  ruhini  yoki  nutq  momentida  asar 
qahramonining  holatini tasvirlash uchun eskirgan so„zlar, vulgarizmlar, shevaga xos so„zlardan ham  foydalanishi mumkin. 
Barcha nutq uslublari o„zaro aloqador bo„lib, bir uslubda boshqa nutq uslublarining ko„rsatkichlari ham uchraydi.  Ayni zamonda 
har bir uslub o„ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarga ega. 
So„zlashuv  uslubida  hamda  badiiy  uslubda  fonetik  vositalardan  ko„proq  foydalaniladi.  Fonetik  vositalar  deganda  ba‟zi  nutq 
tovushlari, urg„u, ohang va ularning nutqiy ta‟sirchanligi tushuniladi. 
So„zdagi  unlilarning  cho„zib  talaffuz  qilinishi  ajablanish,  ta‟kid,  kuchaytirish,  hayajon,olqish,  erkalash,  yalinish  kabi    konnotativ 
ma‟nolarni  ifodalaydi.  Chunonchi,  Qorako„z  opaaa,  sizga  xaaat!  Katta  konvertda  xaaat!!!  (N.Qobul)  Undoshlarni  ikkilantirish  kuchli 
hayajonni, qo„rquv yoki nutqiy kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Bbbo„la qoling, ssovqotib ketdim-ku! (M.Ismoiliy) 
Leksik  uslubiyat  deganda  denotativ  va  konnotativ  ma‟noli  so„zlardan,  ko„chma  ma‟noli  so„zlardan,  so„zlarning  shakl  va  ma‟no 
munosabatiga ko„ra turlari (omonim, sinonim, antonim, paronim, giponim, partonim...)dan,  chegaralangan qatlamdagi so„zlar (eskirgan 


 
38 
so„zlar, jargon, argo, dialektizmlar, vulgarizmlar...)dan, evfemizmlardan, iboralardan nutq sharoitiga mos ravishda to„g„ri  foydalana olish 
usullari tushuniladi. 
Funktsional  –  uslubiy  bo„yoqqa  ham,  hissiy-ta‟sirchan  bo„yoqqa  ham  ega  bo„lgan  grammatik  shakllarning  barchasi  morfologik 
uslubiyatning o„rganish obyektini tashkil etadi. 
Sintaksisning  ham  o„ziga  xos  uslubiy  imkoniyatlari  mavjud.  Nutq  uslublariga  xos  turli  sintaktik  vositalar,  so„z  birikmalari  va 
gaplardagi sinonimiya, polisemiya, omonimiya hodisasi, so„z tartibi, ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko„ra gap turlarining nutqda ishlatilishi, 
ko„chirma  va  o„zlashtirma  gaplarning  uslubiy  xususiyatlari  va  boshqalar    sintaktik  uslubiyatning  asosini  tashkil  etadi.  Sintaktik 
konstruksiyalarning  uslubiy  bo„yog„i  shu  konstruksiyalarda  ifodalangan  so„zlar,  shaxs-son,  kelishik,  modallik  va  so„z  tartibi  kabi 
grammatik ma‟nolar bilan bevosita bog„lanadi. Chunki tovushlar va qo„shimchalar, lug„atning hamma qatlami faqat jumlada ma‟lum bir 
mazmun ifodalaydi. Har bir so„z va grammatik shaklning mazmuni hamda ijtimoiy qimmati gap ichida ravshanlashadi. Chunonchi,  
Navdalarni bezab g„unchalar, 
Tongda aytdi hayot otini 
Va shabboda qurg„ur ilk sahar, 
Olib ketdi gulning totini... (H.Olimjon.) 
Ushbu  she‟riy  misralardagi  hamma  so„zlar  badiiylikka,  go„zallikka,  zavq-shavqqa  xizmat  qilgan.  Deyarli  barcha  so„zlar  ma‟no 
jihatidan ko„chgan. Ayniqsa, salbiy bo„yoqli qurg„ur so„ziga ijobiy tus berilgan. 
Dunyo  tillarining  deyarli  barchasida  so„zlashuv,  badiiy,  rasmiy-idoraviy,  publitsistik,  ilmiy  uslub    mavjud  bo„lib,  ular  ijtimoiy 
hayotda, o„zaro munosabatlarda, nutqning og„zaki va yozma ko„rinishlarida til imkoniyatlaridan me‟yoriy  foydalanishni ta‟minlaydi. 
Biroq til imkoniyatlari har bir tilda o„sha tilning tabiati, qonun-qoidalariga bo„ysungan holda turlicha bo„lib, ular o„ziga xos uslubiy 
vazifalarni bajaradi. Har bir tilning o„ziga xos bo„lgan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik vositalarini bilish, ularning har qaysisidan o„z 
o„rnida  ustalik  bilan  foydalana  olish  muhimdir.  Ma‟lum  bir  nutq  uslubiga  mansub  bo„lgan  jihatlarni  boshqa  uslubda  asossiz  (noto„g„ri) 
qo„llash nutqiy g„alizlikni keltirib chiqaradi. 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish