B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

15. Antonimik lug‘at. Rahmatullayev SH. va b. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati. T., 1980. 
16. Antroponimik lug‘at. Begmatov E. O‘zbek ismlari lug‘ati. T., 1991. 
17. Toponimik lugat. Do‘simov Z, Egamov X. Joy nomlarining izohli lug‘ati. T., 1977. 
18. Paronimlar lug‘ati. Ma’rufov A. Paronimlar lug‘ati.T., 1974. 
19. Terminologik lug‘at. Bunday lug‘atlar- ensiklopedik lug‘atga ham, lingvistik lug‘atga ham yaqin turadi. Ulardan maxsus 
lingvistik lug‘at bo‘lmish Aхmаnova O. ning “Словарь лингвистических терминов” (1966) lug‘ati alohida o‘rin tutadi. 1925-yildan 
hozirgacha O‘zbekistonda 50 dan ortiq mutaxassislik bo‘yicha 140 qa yaqin atama lug‘atlari nashr qilingan. Hojiyev A. Tilshunoslik 
terminlari lug‘ati. T., 2002 . 
20. Chastotali lug‘atlar.  So‘zlarning qo‘llanilish darajasini statik aniqlab beradigan lug‘atlar: Штейнфельдт Э.А.Частотный 
словарь современного русского литературного языка. Taл., 1973. 


58 
21. Chappa (ters) lug‘atlar. So‘zning tugagan harfi asosida tuzilgan lug‘atlar, masalan: bola, pona, shona, dona kabi. 
Qo‘ng‘urov R., Tixonov A. Обратный словарь узбекского языка. М., 1968; Обратный словарь русского языка. M., 1974. 
O‘zbek leksikografiyasi uzoq va boy tarixga ega. Biroq hozirgi kun nuqtai nazaridan olib qaraganda, lug‘atchiligimizda ba’zi 
muammolar ham mavjud. Ayniqsa, kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz, fanimiz va madaniyatimizni yuksaltirish singari ezgu 
vazifalar lug‘atchilik muammosini va lug‘atxonlik madaniyatini keskin hal qilish lozimligini ko‘rsatmoqda. Mustaqillikka erishgan o‘zbek 
xalqining ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xususan, ijodiy 
tafakkur sohibini tayyorlash, ta’limning ilk bo‘g‘inlaridanoq lug‘atlardan keng, maqsadli foydalana oladigan, izchil va mantiqiy so‘z 
bankiga ega o‘quvchini tarbiyalash ham aynan o‘zbek lug‘atchiligini rivojlantirish va ommalashtirish tamoyili bilan uzviy bog‘liq. 
Lug‘atchiligimizdagi bugungi eng dolzarb muammo – o‘quv lug‘atlarining yo‘qligidir. Afsuski, soha bu borada ancha orqada 
qolgan. O‘quv lug‘atlari –har qanday tur va hajmdagi, aynan biror tilda so‘zlashishni o‘rgatishga mo‘ljallangan leksikografik asar 
hisoblanadi. O‘zbek leksikografiyasida lug‘atlar yaratish borasida ancha yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, o‘quv lug‘atchiligi oqsab 
kelmoqda. Hozirgi kunda o‘quvchilarimiz quyidagi lug‘atlardan foydalanib kelishmoqda: 
1.
“O‘zbek tilininig imlo lug‘ati”: (Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. T., 1995. Tiraj: 15000 nusxa). 
2.
“Imlo lug‘ati” (Hojiyev A., Abdullayev Y., Zafarova S. T. 1-nashri, 1964. 4-nashri 1981. Tiraj: 100000). 
3.
“O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” (Hojiyev A. tahr. ostida T., 1977. Tiraj: 13000). 
Lug‘atlardan foydalanish madaniyati saviyasining shakllanganligining yorqin dalillaridan biri shuki, 1995-yilda atigi 150000 
nusxada nashr etilgan, «O‘zbek tilining imlo lug‘ati”ni hozir ham kitob do‘konlaridan topish mumkin. Vaholanki, agar maktab 
o‘quvchilarining har yillik miqdori qariyb 6000000 ekanligini nazarda tutsak, bu imlo lug‘atidan 400 o‘quvchiga 1 lug‘at to‘g‘ri keladi. 
Shunisi ham borki, lotin yozuviga asoslangan hamda hozirgi davr talabi bo‘lgan bu imlo lug‘atidan nafaqat o‘quvchichilar, balki talabalar, 
ma’rifat va madaniyat xodimlari, davlat va tashkilot organlari foydalanishga ehtiyojmand. Demak, bu holda, 1500-2000 kishiga atigi 1 ta 
lug‘at to‘g‘ri kelishi kelib chiqmoqda. Imlo lug‘ati bilan ta’minlanish rivojlangan davlatlarda 15-20 talabgorga bitta to‘g‘ri kelishini hisobga 
olsak, O‘zbekistonda amaliy imlo lug‘ati bilan ta’minlanish qariyb 70-100 baravar kamdir. Maktab o‘quvchilari uchun yangi yozuvda 
chiqarilgan “Imlo va talaffuz lug‘ati” ham mavjud bo‘lib, sanoqli nusxalarda chiqarilgan. Bu lug‘atdan ham keng omma foydalanish
imkoniyatiga ega emas. Shunisi achinarliki, o‘zbeklarda umuman 2000 kishiga 1 ta lug‘at to‘g‘ri kelsa, ruslarda bitta oilaga 4-5 ta lug‘at 
to‘g‘ri keladi. Bunaqada madaniy saviyaning yuksalishi-yu, ilm-fan taraqqiyoti haqida so‘z borishining o‘zi foydasizdir. 
Xullas, shu kabi jiddiy muammolarni hisobga olib, hozirgi o‘zbek leksikografiyasi o‘quv lug‘atlarini, xususan, uyadosh so‘zlar 
lug‘ati, o‘quvchilar uchun sinonimik so‘zlar lug‘ati, shakldosh so‘zlar lug‘ati, o‘quvchilar uchun izohli lug‘at (hayvon nomlari asosida (qar: 
Jumaeva Saodat, Murodova Zulxumor. MB. Buxoro -2004), ideografik lug‘atlar tuzish kabi masalalarni o‘z oldiga dolzarb vazifa qilib 
qo‘ydi. 
Endi, O‘TIL haqida to‘xtalsak. Ma’lumki, bu lug‘at 2 jildli, 1981-yilda nashr qilingan bo‘lib, umumiy izohli lug‘at hisoblanadi. 
60000 so‘zning izohiga bag‘ishlangan bu lug‘at o‘zbek lug‘atchiligining yutug‘i, desak xato bo‘lmaydi. Biroq, bugungi kun nigohi 
bilan qaraganda, ba’zi bir ko‘z yumib o‘tolmaydigan kamchiliklarning guvohi bo‘ldik. Jumladan, lug‘at maxsus mutaxassislarga 
mo‘ljallangan. Bu esa o‘zbek xalqi uchun nisbiy qiyinchiliklarni, hatto tushunmovchiliklarni keltirib chiqargani sir emas. Lug‘atda 
keltiriladigan ko‘pchilik tavsiflar o‘zbek ongi-shuuri, tafakkuriga mos emas. Bundan tashqari, lug‘atga kiritilgan so‘zlarning 40 foizi rus 
tilidan kirib kelgan, qo‘pol qilib aytganda tarjima qilingan (buni olma – meva va daraxt: яблоко – яблоня misolida). Shuningdek, milliy 
g‘oyalarimizga muvofiq kelmaydi. Ana shu va boshqa ko‘plab jihatlarni e’tiborga olgan holda O‘zRFA “Til va adabiyot instituti” ilmiy 
jamoasi ko‘p jildli “O‘zbek tilinining izohli lug‘ati”ni yaratishga kirishdilar. 
Xuddi shu fikrlarni 70-yillarda yaratilgan “O‘zbek sovet ensiklopediyasi” to‘g‘risida ham aytish mumkin. Sovet voqeligi, sho‘ro 
siyosati ta’siri aks etib turuvchi, milliy tariximiz va ma’naviyatimiz buzib ko‘rsatilgan qomuslarni yangilash maqsadida, Prezidentimiz 
I.A.Karimovning sa’y-harakatlari bilan 12 jildli “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ni yaratishga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 20-martda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida 154-qarorni 
qabul qilgach, bu katta ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi.
“Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari kerak” (I.Karimov). Darhaqiqat, mustaqil 
diyorimizning poydevori bo‘lmish kelajak avlod mana shu sifatlarni mujassam etishi lozim.
Lug‘at – bilimlar xazinasi, madaniyatimiz, ilm-fan va san’at, dunyoqarashimizni yuksaltirishga qaratilgan ulkan zahmatlar mevasi. 
Lug‘atlar tuzilishi, ya’ni leksikografiyani – igna bilan quduq qazishga o‘hshatish mumkin. Shuning uchun har bir leksikografik asar – 
yuksak tahsinga, hurmatga loyiq javohirdir. 
Lug‘atlardan olam-olam bilim, ma’lumot olamiz. U fan – texnika, san’at, adabiyot bo‘yicha yangiliklarni bayon etib, nutq 
madaniyatimiz va so‘z boyligimizni oshiradi. Lug‘at bilan ishlash - maroqli, qiziqarli va zavqli. Lug‘atlar, ensiklopediya va 
ma’lumotnomalar bilan ishlashni tamoyil qilib olgan kishi esa savodli, ongli va madaniyatli insondir. 
Leksikografiya – tilning mana shunday dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi sohasi ekan, ishonch bilan ayta olamizki, o‘zbek 
madaniyatini, ilmu fanini, ma’naviyatini yuksak rivojlangan mamlakatlar safiga olib chiqishdek mas’uliyatli vazifalarni bajarishga o‘zbek 
lug‘atchiligi munosib hissa qo‘sha oladi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish