B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Reja: 
 
1.Hind – yevropa tillarining o`rganilish tarixidan. 
2.Hind – yevropa tillarining qarindoshlik aloqalari. 
3.Hind – yevropa tillarining tipologik xususiyatlari. 
 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Hind  –  yevropa  tillari  oilasi,  bu  oilani  o`rganish  tarixidan,  ovrupashunoslar  va  ularning  tadqiqot  manbalari,  metodlari,  hind  – 
yevropa tillarining qarindoshligi, hind  – yevropa tillari oilasining guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so`zlashuvchilar va jahondagi  
o`rniga ko`ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida. 
 
Genealogik  tasnif  asosida,  tillarni  qiyosiy-tarixiy  metod  orqali  organish,    avvalo,  hind  –  yevropa  tillari  materiallarida  ishlab 
chiqilgan edi. Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis 
olimi A.Shleyxer (1821-1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind – yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan keyin som-xom, 
fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi. 
  Fransuz  gumanisti  Gvilyelm  Postellus  (1510-1581) ozining  “Tillarning  qarndoshligi  haqida”,  gollandiyalik  olim  Iosif    Skaliger 
(1540-1609)  esa    “Yevropaliklarning  tillari  haqida  mulohazalar”  nomli  tadqiqotlarida  yevropa  tillari  doirasida  11ta  “ona  til”larni 
ko`rsatadilar. 4  ta  “katta”:  grek,  latin  (roman  tillari  bilan),  tevton  (german),  slavyan  hamda  7ta “kichik”:  alban  (epirot),  irland, kimrcha 
(britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy o`rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o`rganish esa 
qiyosiy -tarixiy tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta’sir ko`rsatdi. 1786-yilda ingliz sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794) 
Kalkuttada qilgan imiy ma’ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan qarindosh ekanligini ko`rsatib berdi. 
Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab , bu tillarda faqat o`zaklarninggina emas, balki   grammatik (forma) shakllarning ham o`xshash, 
bog`liq  ekanligini  va  bu  o`xshashliklarning  tasodifiy  emasligini,  bular  hind  –  yevropa  tillari  orasida  qarindoshlik  munosabati  borligini 
ko`rsatadi, deya mulohaza yuritdi. 
  Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya’ni sanskrit tili va ko`pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda 
“Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e’lon qildi 
                                                 
1
 analitikas – «ечилиш», ажратилиш. 
2
 sintetikas – «бириктириш». 


 
22 
va bu asarda mazkur tillardagi tuslanishning o`xshashligini, bu tillarning  bir manbadan kelib chiqqanligini ko`rsatib o`tdi.Olim o`zining  III 
tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) 
hind – yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o`rganib, tilshunoslikda “agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi. 
  Hind –  yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus 
Rask (1787-1832) o`zining “Qadimgi island tili va island tilining  paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so`zlarning 
o`xshashligiga  emas,  balki  grammatik  formalarning  o`xshashligiga    asoslanishi  kerakligini  qayd  qilgan.  Yakob  Grimm  (nemis  olimi) 
(1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida 
german tillari va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan 
bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi. 
  Slovyan  va roman  tillarini  tadqiq  etish  borasida  M.V.Lomonosov  (1711-1765)  ham  izlanishlar  olib  borgan.  Uning    “Rossiya 
grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan)   asarlari ma’lum. 
  1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o`zining “Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik  
aloqalarini asoslab berdi. Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust 
Shleyxerning naturalistik qarashlariga to`xtalmasdan bo`lmaydi. Shleyxerning “Сравнительно – лингвистическое иследование” (1848-
1850),  «Немецкий  язык»  (1859),  «Компендий  сравнительной  грамматики  индоевропейских  языков»  (1861-1862) kabi  asarlarida 
uning eng asosiy g`oyalari o`z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish 
va  o`lish”  (inqiroz)  hodisalari  aynan  til  misolida  yaqqol  ko`rinishini  e’tirof  etish,  tillar  shajarasi  va  bobo  til  masalalarini  tadqiq  etish 
faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi. 
  A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy bobo  tilni o`rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo 
tillar bor bo`lgan. Chunonchi, tillarning ko`pgina qismi yo`qolgan va yo`qolayotgan bir paytda, bizga ma’lum bo`lmagan juda ko`p tillar 
bo`lganligini va  shunga yarasha ko`plab  bobo  tillar  bo`lganligini  tasavvur  qilish  mumkin.  “Hayvon va  jonzotlarga  xos  yashash  uchun 
kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari 
g`oliblik  qilmoqda,  ularning  yoyilishi  hanuz  davom  etmoqda,  boshqa  ko`plab  tillar  ular  tomonidan  siqib  chiqarilgan”.
1
    Tillar  tasnifi 
masalasiga keladigan bo`lsak, Vilgelm fon Gumboldt nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo`lish ) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g`oyasiga 
qo`shiladi, tillarni 3 turga bo`ladi.  
1. Tarkibli (односложные), agglyutinativ va flektiv. U buni yer yuzidagi taraqqiyot bosqichlari bilan uyg`unlashtiradi; xitoy, kxasi, 
birma, namakva tillari arxaik ko`rinishlar, turk-tatar, mo`g`ul, fin, venger, dravid, tibet tillari o`tuvchi, oraliq tillar, semit va hind – yevropa 
tillari – eng rivojlangan tillardir. 
 
2.Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind – yevropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko`ra 10 guruhga 
ajratiladi: hind,eron, roman, german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban. 
  1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so`zlashadi. Bu 33,7 % ni tashkil qiladi. 
  2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so`zlashadi. 26,0% 
  3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so`zlashadi.21,0% 
  4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so`zlashadi. 14,1% 
  5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so`zlashadi. 3,4% 
  6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so`zlashadi. 0,6%     
  7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so`zlashadi. 0,5% 
  8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so`zlashadi. 0,3% 
  9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so`zlashadi. 0,2% 
  10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so`zlashadi. 0,2% 
Demak,  hind  –  yevropa  tillari  jami  95  tildan  hamda  2005,3  million  so`zlovchidan  iborat  oiladir.  Bu  tillarning  barchasini 
umumlashtirib turuvchi tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub. 
  Hind – yevropa   tillarining genealogik tasnifi quyidagicha: 
          Hind guruhi: 
1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda hind; 
2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo`ltig`i  tomonlari; 
3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi; 
4). Maratxi, 20 million, G`arbiy Hindiston; 
5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston; 
6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g`arbi; 
7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g`arbi; 
8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston; 
9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari; 
10). Sigan (lo`li) – Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo`li 
bilan tarqalgan elatlar tili; 
11). O`lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit. 
    2.   Eron guruhi. 
1). Forsiy, 15 million,  Eronning davlat tili;  
2). Afg`on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili; 
3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili; 
                                                 
1
 Aмирова Т.А. и д. Очерки по истории  лингвистики. М., «Наука» 1975 . 361 стр.  


 
23 
4). Kurd – shimoliy – g`arbiy Eron, Iroq, Turkiya chegaralari va Armanistonda yashovchi kurdlar tili;  
5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston; 
6). Osetin, 266 ming, shevalari; iron (shim. Oseteya)  va digorga (jan. Osetiya) kavkaz tillarining ba’zi belgilari bor; 
7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon; 
8). Tog`, Ozarbayjon, janubiy Dog`iston; 
9). Rushan, 7, 1 ming 
10). Shug`non, 12 ming           Badaxshon tog`lari; 
11). Yag`nob, 1   ming, o`sha yerda va boshqa pomir shevalari. 
  O`lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so`g`d, xorazmiy, sak tillari. 
           3.Slovyan guruhi.   
 A.Sharqiy guruh: 
1). Rus, 10 million, Rossiya va sobiq SSSR respublikalarida; shimoliy rus -“olovchi” va janubiy rus – “alovchi” eng muhim aloqa 
tili (jahon bo`ylab); 
2). Ukrain, 40 million, Ukraina, shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog`iston; o`ng qirg`oq va chap qirg`oq (Dnepr bo`ylab) tillari mavjud; 
3). Belorus, 9 million, Belorussiyada. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish