Quruq modda tarkibida, foiz
K u n g a b o q a r
qismi
Namligi Yog‘ protein to‘qima azotsiz
ekstraktiv
modda
kul
To‘pgul
Poya va bargi
O‘zagi
14
10,7
11,2
3,8
0,9
1,41
6,9
3,62
24,4
14,7
41,84
21,07
48
36,04
32,59
12,6
6,9
9,40
Ayrim xo‘jaliklar to‘pgul va poyaning yuqori qismidan
qirqib olinadi. Bunda massa 45-55 foiz namlikni tashkil etadi.
U quritib maydalangandan so‘ng, 1 kg unida 0,7-0,8 kg ozuqa
121
birligi, 60-70 g hazm bo‘luvchi protein bo‘ladi. Uning tarki-
bidagi 4-6 foiz yog‘ sutli va bo‘rdoqichilikdagi qoramollar
uchun, ayniqsa, foydalidir. Bu ozuqani sigirlarga kuniga 3-4
kg, bir yoshdan oshgan buzoqlarga 2-2,5 kg, qo‘ylarga 0,4-0,6
kg berish mumkin. To‘pgul uni suvli-shirali va dag‘al ozuqalar
bilan omixta holda berilishi tavsiya etiladi.
15.2. Ozuqa qoldiqlaridan hayvonlarni oziqlantirishda
foydalanish
Ozuqa qoldiqlari hayvonlarni oziqlantirishda qo‘shimcha
ozuqa zaxirasi hisoblanadi. 1 kg ozuqa qoldig‘i tarkibida 22,3
foiz quruq modda, shu jumladan, 10-15 g hazm bo‘luvchi
protein, 2,25 g kalsiy va 1,5 g fosfor mavjud. Uning tarkibi,
yig‘ish joyi va davriga qarab 0,15-0,30 kg ozuqa birligi bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan va individual ovqat-
lanish sektoridan, chiqadigan ozuqa qoldiqlaridan unumli
foyda-lanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra,
20-25 foiz go‘sht mahsulotlari (suyak, teri, pay, chandir), 20-40
foiz kartoshka, 20-25 foiz sabzi, lavlagi, 25 foiz baliq, 9 foiz
parranda, 8 foiz meva-cheva, tarvuz, qovun va 20-40 foiz karam
mahsulotlari jamoatchilik oziqlanishida birlamchi chiqindilar,
deb qabul qilingan. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari,
oshxona, restoran, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar ozuqa
chiqindilarining 1 kg quruq moddasi 1,2 kg ozuqa birligiga, 100
g hazm bo‘luvchi proteinga, 25 g kalsiyga va 10 g fosforga ega.
Pivo sanoati chiqindisi solod (undirib yanchilgan don) 0,67
kg ozuqa birligiga, 132 g - proteinga, 0,067 g - fosforga, 0,025
g - kalsiyga, 2,5 mg karotinga ega. Solod konsentrat ozuqalarni
tejashga yordam beradi.
Konserva sanoati chiqindilari ishlov berilayotgan mahsu-
lotning 21 foizini tashkil etadi. Bular poliz, meva-sabzavot
ekin-lari, uzumlarning standart talablariga javob bermagan
nuqsonli, yuvish va tozalash jarayonida ajratilgan chiqindilar,
po‘sti, to‘-poni va dag‘al tola qismlari hisoblanadi. Masalan,
122
pomidor sharbati chiqindilari 20 foizni, sabzi - 4, yashil no‘xat
- 83, kartoshka - 40, danakli mevalar-8-16, uzum, karam - 18
foizgacha chiqindi beradi.
Uzum qoldiqlarini barcha turdagi hayvonlarga berish
mumkin. Uzum to‘poni tarkibida 11,5 foiz protein, 12,2 foiz
to‘qima, 45,2 foiz azotsiz ekstraktiv moddalar va 5,1 foiz kul
bor.
Ozuqa qoldiqlaridan ekologik sharoitni yaxshilash uchun
tozalanishi kerakligi hamda ozuqa sifatida foydali bo‘lgani,
bu umumiy ovqatlinish shoxobchalari va aholidan yig‘iladigan
oziq-ovqat qoldiqlari sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ozuqa sifa-
tida inson foydalanadigan mahsulotlardan, uning qanday tejamli
foydalanishidan qat’i nazar bir odam boshiga, bir yilda 50-60
kg miqdorida ozuqa qoldig‘i chiqar ekan. Buni misol tariqa-
sida ko‘rsatsak, 2 mln 400 ming kishidan ko‘p aholi yashovchi
Toshkent shahridan bir yilda 120000 t miqdorida natural ozuqa
qoldig‘i chiqadi, to‘yimliligi jihatidan esa 34200 t donli ozuqaga
teng demakdir.
15.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |