90
larini, bolalar salomatligini yahshilash uchun zarur ma’lumotlar bilan
qurollantiriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini
kamaytirish, aholining
umumiy o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishiga, aholini ko‘payishiga, umr
ko‘rish darajasini oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Shuning uchun bir Yoshgacha bo‘lgan bolalar bolalar o‘li-
mi hozirgi davrning birinchi navbatdagi ijtimoiy masalalaridan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi, aholi o‘limining umumiy
ko‘rsatkichlaridan 4-5 barobar ko‘p bo‘lganligi uchun ham muhim
ijtimoiy – gigienik ahamiyatga ega. Kelgusida bolalar o‘limini (1
yoshgacha), chuqur ijtimoiy gigienik tadqiqotlar orqali o‘rganib,
onalar
va bolalar salomatligini yahshilashning har tomonlama maqsadli, chora
tadbirlarini ishlab chiqqan va ularni hayotga tadbiq qilgan holda
kamaytirishga erishish mumkin.
Bolalar o‘limi (1 yoshgacha) haqidagi statistik ma’lumotlar o‘limni,
o‘lim haqidagi vrachlik guvohnomasiga va tug‘ilishni esa tug‘ruq
to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘z vaqtida qayd qilishiga asoslangan.
Olingan ma’lumotlarning sifati va uning aniqligi tibbiyot muassasalari
va statistika bo‘limlarining xodimlariga va ularning malakasiga bog‘liq.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi haqidagi statistik ma’lumotlarning
to‘liqligiga va sifatiga erishishda hujjatlarni to‘ldirishga, tug‘uruqxona-
lardagi o‘lik tug‘ilish va o‘limni o‘z vaqtida ro‘yxatga olib, qayd
etishga, hamda har bir o‘limning sabablarini
bevosita tahlil qilishga
javobgar bo‘lgan tibbiyot muassalari, ularda ishlovchi xodimlarning roli
katta ekanligini aholida ta’kidlash lozim.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi ko‘rsatkichi xududlarda
(tuman, shaxar, viloyat) tug‘ilish ko‘rsatkichi va tug‘ilgan chaqaloqlar
soniga chambarchas bog‘lab o‘rganiladi. Agar biror tuman yoki
shaharda bir-yilning ichida 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi kamayib
ketsa, bu xududda bolalar o‘limini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar
yahshi yo‘lga qo‘yilgan deb bo‘lmaydi.
Ko‘rsatkichlar
bir necha yil, ya’ni kamida uch yil mobaynida bir
xil kamaygan holda saqlanib qolsa, unda bu ko‘rsatkich xaqiqatdan ham
kamayganligiga ishonch hosil qilsa bo‘ladi. Shuni nazarda tutib,
tumanlar bo‘yicha oddiy va qulay bo‘lgan bir yoshgacha bolalar o‘limi
ko‘rsatkichini uch yillik o‘rtachasini hisoblash tavsiya etiladi. Tug‘ilgan
va o‘lgan bolalarning soni ma’lum bo‘lsa, buni hisoblab chiqarish hech
qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
91
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini tahlil qilishning asosiy
qismlaridan biri ular hayotining ayrim davrlarga bo‘lib o‘lim
ko‘rsatkichlarini aniqlashdir. Bu o‘z navbatida bolalarning (1
yoshgacha) o‘limini
aniq sabablarini ochib, ularni kamaytirishga
qaratilgan maqsadli chora tadbirlar ishlab chiqishga yordam beradi. Bir
yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining qonuniyatlarini aniqlash uchun uni
ma’lum
olingan
viloyatlar,
res-
publikavaboshqadavlatlardagikattaliklaribilansolishtirish
zarur.
Bir
yoshli bolalar o‘limi ko‘p jihatdan tug‘ilish darajasiga bog‘liq. Qaerda
tug‘ilish ko‘p bo‘lsa, tabiiy hol u erda o‘lim, ayniqsa bir yoshli bolalar
o‘limi bir muncha yuqori bo‘ladi.
Quyidagi ta’riflar jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan
ham
xalqaro
taqqoslov
ishlari
uchun
tayyorlangan
statistik
ko‘rsatkichlarga
muvofiq
ham
mazkur
ko‘rsatkichlar
olingan
ma’lumotlarni taqdim qilish bo‘yicha
tavsiyalarga muvofiq qabul
qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: