B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


YOpiq inshootlarda olib boriladigan tajribalar



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

YOpiq inshootlarda olib boriladigan tajribalar.
Vegetatsion 
tajribalar ichida yopiq inshootlarda olib boriladigan tajribalar aloxida o‘rin 
tutadi. Bu tajribalar osimlik uchum qulay bo‘lgan miqro iqlim vujudga 
keltirish, yil davomida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, o‘simliklarni 
tashqi muxitning salbiy ta‘siridan ximoyalash singari kulayliklarga ega. 
SHu tufayli kupchilik rivojlangan davlatlarda yopiq joylarda 
dexqonchilik va yopiq joylarda ilmiy tadqiqotlar olib borishga katta e‘tibor 
berilnoqda. 


181 
Rasm 18. YOpiq joyda tajribalar olib boriladigan oynali 
vegetatsion uycha 
Yopiq ximoyalangan sharoitdagi tajribalar ayniqsa bisning sharoitda 
o‘smaydigan tropic va subtropik mintaqa o‘simliklarni o‘rganishda xam 
katta axamiyatga ega. Respublikamisda bunday tajriba uychalari 
O‘zbekiston O‘simlikshunoslik ITI da va O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi 
va urug‘chiligi ITI da xamda boshqa bir qator nufuzli ITI larda mavjud. 
Nazorat savollari 
1.
Vegetatsion tajriba nima? 
2.
Vegetatsion tajriba turlari? 
3.
Gidroponik tajribalar. 
4.
Yopiq ximoyalangan sharoitdagi tajribalar 


182 
 
VIII-bob. Lizimetrik tajribalar
 
 
Agronomiyada ilmiy tadqiqotlar olib borishda lizimetrik tadqiqotlar 
muhim o‗rin tutadi. 
Ma‘lumki, qishloq ho‗jaligi bilan bog‗liq ilmiy tadqiqotlarda
tuproqning suv rejimini o‗rganish eng asosiy va mas‘uliyatli vazifalardan 
biri. Ayniqsa amaliyotda bu hodisa muhim, ko‗pincha hal qiluvchi 
ahamiyat ega. 
Atmosfera yog‗ini er yuzasiga tushganda butunicha tuproqqa singib 
ketmaydi. Namlikning ma‘lum qismi o‗simlik ta‘sirida (tashqi qobiq,poya 
va barglarda) va qaytadan atmosferaga bug‗lanadi. Boshqa qismi relef 
qiyaligiga ko‗ra tuproq yuzasi bo‗ylab ma‘lum bir oqimda oqi ariq, soy va 
daryolarga kuyiladi. Ma‘lum bir qismi tuproqqa singib tuproq suv rejimini 
shakllantiradi. 
Tuproq yuza qatlami shuningdek atmosferada molekulyar va termik 
konsentratsiya holatida mavjud bo‗lgan suv bug‗larini ham o‗zlashtiradi. 
Bundan tashqari bug‗lar kondensatsiyasi va sizot suvlarining ko‗tarilishi 
hisobiga ham tuproqning xaydalma qatlamida namlikning ko‗tarilishi 
kuzatiladi. 
Namlikning tuproq sathidan va o‗simlik orqali transpiratsiya 
jarayonida sarflanishini o‗rganish ancha murakkab, bir qator qiyinchiliklar 
vujudga keltiradi. Bunda barcha omillarni hisobga olish lozim .
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tuproqqa namlik asosan gravitatsion 
suv holatida singadi, namlikning ma‘lum bir qismi er ostiga sizib zovurlar 
orqali suv xavzalari va daryolarga kuyiladi. 
Tuproqning suv singdiruvchanlik imkoniyati ham turlicha bo‗ladi. 
YA‘ni, tuproqning suv singdiruvchanligi tuproqning g‗ovakligi, strukturasi 
va organik moddalar miqdoriga bog‗liq. 
Tuproqning suv rejimini aniqlashning eng maqbul , haqiqatga yaqin 
usullaridan biri hisobida ko‗pchilik olimlar tomonidan lizimetrik tajribalar
tan olingan . 
Lizimetr- yunoncha
l y s o n 
so‗zdan olingan bo‗lib , eruvchan degan 
ma‘noni bildiradi. Taniqli ingliz kimyogar olimi , shuningdek 
meterologiya bilan ham shug‗ullangan Djon Delton (1766-1844) birinchi 
bo‗lib lizimetrik ilmiy tadqiqotlar olib borgan va lizimetrik tajribalarga 
asos solgan . 


183 
Djon Deltonning lizimetrik tadqiqotlarining asosiy maqsadi sizot 
suvlarining to‗planishida atmosfera yog‗inining rolini o‗rganishdan iborat 
edi. Keyinchalik shunga o‗xshash tadqiqotlar ko‗plab olimlar tomonidan 
olib borildi. 
Lizemetrik tadqiqotlarda tuproqning suv hossalarai, millerativ 
hususiyatlari bilan paralel holatda agrokimyo va tuproqshunoslikka hos 
bo‗lgan ko‗plab bolshqa vazifalarni o‗rganish imkoniyatlari mavjud. Bu 
o‗rinda atmosfera yog‗ini va sug‗orish ta‘siri ozuqa elementlarini sizot 
suvlariga yovilib ketishi bo‗yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar 
muhim o‗rin tutadi. 
Agrokimyoga oid lizimetrik tadqiqotlari dastlab XIX asrning 60 
yillarida Frans Lyoller tomonidan olib borildi. Dastlab bu usul SHumaxer 
tomonidan 1862 yili qattiq tanqid qilinsada, keyinchalik lizimetrik 
qadqiqotlar tadqiqotlar mineral oziqalarning tuproqqa singishi va sizot 
suvlariga yuvilish darajasini aniqlashda eng kulay usul ekanligi ayon 
bo‗ldi va agrokimyoda katta shuxrat qozondi. 
Ayniqsa tuproqdagi oziqalar balansini aniqlash, mineral o‗g‗itlarning 
izotoplarini ko‗llashda kulay bo‗lgan lizimetrik tadqiqotlar agrokimyoda 
keng ko‗llanila boshladi. 
Mark Intayra Amerika kimyogarlari kuriltoyida lizimetrik tajribalarga 
yuqori baho berar ekan , ―Agar ilmiy tadqiqot institutlarida lizimetrlar 
bo‗lmasa bunday tashkilotlarni to‗liq jixozlangan deb bo‗lmaydi‖ deb 
ta‘kidladi. 
Lizimetrik tadkikotlar tabiyil sharoitga nisbatan yaqinroq bo‗lib , 
bunday tajribalarga dala va vegetatsion tajribalar o‗rtasidagi oraliq
shakldagi tajribalar sifatida qarashimiz mumkin. 
SHuningdek lizimetrlar turli tuproq iqlim sharoimttidagi har xil 
tuproqlar bilan to‗ldirilib , bir vaqtning o‗zida kiyosiy o‗rganiladi. 
Lizimetrlarning asosiy konstruksiyalariga to‗xtaladigan bo‗lsak 
,bunda eng avval suv va unda erigan moddalarning tuproqning belgilangan 
qatlamidan sizib o‗tishini aniqlash imkonini beruvchi jixozlarning 
mavjudligidir. Ammo, lizimetrik tadqiqotlar o‗z xususiyatlariga ko‗ra 
ko‗pincha sun‘iy labaratoriya sharoitida ham olib boriladi. 
Lizimetrlar 
konstuksiyasi 
kator 
ko‗shimcha detallar bilan 
jixozlanganda tuproqdagi gaz qatlamini holatini ham o‗rganish 
imkoniyati bo‗ladi. 
Lizimetrlarda tuproqning tabiiy sharoitga yaqin bo‗lgan muxit
yaratish imkoniyatlari mavjud. Unda tuproqning xaydalma qatlamini 


184 
tadqiqot oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda turlicha 20-25 va 
30-35 sm qilib belgilash mumkin. 
19-rasm. Lizimetrning tuzilisi 
Lizimetrlar va ularga biriktirilgan jixozlar bir qancha talablarga javob 
berishi lozim. 
1.
Tabiiy iqlim sharoitiga yaqin bo‗lgan muhitda kuzatish-lar olib 
borish imkoniyati ta‘minlanishi kerak. 
2.
Odatda tadqiqotlarni kiyoslash yoki tajribani ma‘lum bir 
tizimda ko‗yilishi uchun bir qancha lizimetrlar mavjud bo‗lishi 
kerak.SHunga ko‗ra lizimetrlar guruhlar bo‗yicha , ko‗pincha belgilangan 
oraliqda ikki qator qilib joylashtiriladi. 
3.
Sizib ketayotgan suvlarni to‗plash uchun avval drenaj, so‗ngra 
suvlarni to‗plash hamda shuningdek mahsus suv to‗plovchi xavzalarga
o‗tishini ta‘minlovchi trubalar o‗rnatiladi. Lizimetr-ning er osti qismi suv 
o‗tishini va haroratning o‗zgarib turishini oldini olishi uchun puxta 
izolyasiya qilingan bo‗lishi kerak. 
4.
Olib boriladigan ilmiy ishning maqsadidan kelib chiqqat holda 
tajribalar shudgor qilib ko‗yilgan va turli ekinlar bilan egallangan 
lizimetrlarda o‗tkazilishi mumkin.Ayrim xollarda lizimetrlarga daraxt va 
buta ko‗chitlari ham ekib ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. SHuning uchun 
lizimetrlar orasidagi masofa o‗simliklarni normal o‗sib rivojlanishi uchun 
belgilan-gan sharoitlarga mos kelishi lozim. Lizimetrlarga xayvonlar va 
kushlardan ximoyalanishi uchun ko‗shimcha maxsus jixozlar o‗rnatiladi. 
5.
Lizimetrlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilganda atmosfera 
yog‗ini miqdorini hisobga olish, ya‘ni uchyot o‗tkazish muhim jarayon 
hisoblanadi. SHundan kelib chiqqan holda lizimetrik tadqiqotlar olib 


185 
boriladigan joy yaqinida yog‗in to‗plovchi uskuna , ya‘ni ―dojdemer‖ 
o‗rnatiladi. 
6.
Ayrim hollarda katta xajmdagi namlikni tashishda vujudga 
keladigan nokulayliklarni oldini olish hamda eksprimentlarni tez va sifatli 
o‗tishini ta‘minlash uchun lizimetrlar labaratoriyaga yaqin joylarga 
kuriladi. 
Ayrim lizimetrlarni bir-biridan farqlantiradigan asosiy belgilarga
ularni tuproq va jinslar bilan to‗ldirish usullari bilan belgilanadi.Bu 
belgilarga ko‗ra ular ikkita asosiy toifaga bo‗linadi: 
1)
tabiiy tuzilishga ega tuproq va jinslar bilan to‗ldirilgan 
lizimetrlar , 
2)
tuproq uyumi bilan to‗ldirilgan lizimetrlar. 
Konstruksion tuzilishiga ko‗ra lizimetrlar quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi : 
1) beton yoki g‗ishtli 
2) metalli va qisman ruxli 
3) voronkasimon lizimetrlar 
 
20-rasm. Melioratsiyaga oid tajribalar olib boriladigan lizimetr 
1-lizimetrning yuqori tuproqsiz qismi, 2-tuproqli katlam, 3- filtr qatlam, 4- pastki shlak va
shag‘al yotkiziladig‘an qatlam, 5-suv sizib o‘tadigan truba 
Lizimetrlar oz konstruksiyasi va tizilishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 
Lizimetrlar turli tuzilishga ega bo‘lib, unda yuqorigi tuproqsiz , tuproqli, 
xamda pastki shag‘alli qatlamlardan iborat. SHuningdek pastki qismida 
suv o‘tkazuvchi trubalar joylashtiriladi. Bunday lizimetrlarda xar kanday 
melioratsiyaga oid tajribalarni olib borish mumkin. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish