Datchiklar va elektron blok orasidagi masofa, ko‘pi bilan
70
70
Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich.Neft mahsulotlarining massasini ularni qabul qilib olish va sotish operatsiyalarida hisobga olishning mavjud usullari odatda, bilvosita o‘lchashlarga asoslangan. Bu hol o‘lchash aniqligini oshirishga imkon bermaydi. Massani bevosita o‘lchashning qo‘llanilayotgan usullari texnologik emas, chunki u maxsus qo‘shimcha operatsiyalarni kiritishni talab qilib, ba’zan mahsulotni jo‘natish uchun ketadigan vaqtga o‘lchovdosh vaqt kiritilishini talab etadi.
Bevosita to‘kish yoki quyish texnologik jarayonlari vaqtida amalga oshiriladigan suyuq neft mahsulotlarining sarfini aniq og‘irlik hisobi tizimi juda katta unumdorlik bilan ishlatilmoqda. Tizim natijalarga ishlov berish va jarayonni boshqarish uchun tenzometrik o‘lchash uslublarini va mikroprosessor texnikasini qo‘llanishga asoslangan. Sarfning og‘irligini o‘lchash sitemasining ishlash prinsipi neft mahsulotlari oqimining ayrim porsiyalarini ketma–ket tortib olishdan iboratdir. Uzluksiz oqimni ta’minlash uchun mahsulotni topshirishda qurilmaning chiqishida yoki mahsulotning qabul qilishda (qo‘yishda) qurilmaning kirishida oqim ikki chiziqqa (liniyaga) ajratiladi. Bunda chiziqlardan biri bo‘yicha mahsulot qurilma chiqishiga qarab oqayotganda ikkinchi chiziqda o‘lchash amalga oshiriladi. Shuning uchun tizim oqayotgan mahsulotning istagan miqdorini o‘lchash uchun qo‘shimcha vaqt sarflamasdan bevosita texnologik operatsiyalarda foydalanilishi mumkin.
Tizim (4.22–rasm) kuch o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklar 2 ga osilgan ikkita idish (rezervuar) 1a va 16 dan iborat.
4.22 – rasm. Neft mahsulotlari suyuqligi sarfini og‘irlik hisobi tizimi Datchiklar o‘lchash o‘zgartkichlari 3 bilan biriktirilgan bo‘lib, uning chiqish signali davri neft mahsulotlari bo‘lgan rezervuar og‘irligiga chiziqli bog‘liq. Rezervuarlar egiluvchan silfonlar yordamida texnologik o‘tkazish quvuri 4 tizimi bilan biriktirilgan bo‘lib, ular bo‘ylab rezervuarlarga navbati bilan neft mahsuloti oqib keladi va ulardan navbati bilan to‘kiladi. Bu jarayonni boshqarishni operatorning buyrug‘iga ko‘ra elektr boshqariluvchi quyish A va to‘kish B ventillari yordamida mikrokantroller 5 amalga oshiradi. Tizimning kirishi va chiqishidagi mahsulot sarfi drossellar D orqali tartibga solinadi. C ventillar jarayonni avariya holatida to‘xtatiladi. A va B ventillar vazifasini takrorlaydi. Bevosita quyib berish krani E orqali to‘kish operatsiyalarida jarayonni ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Rezervuarlardagi mahsulot sathini nazorat qilish quyi QS va yuqori YuS sathlarining magnit boshqariluvchi datchiklari yordamida amalga oshiriladi. Sath datchiklari o‘zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi kvitirlovchi signallar mikrokontrollerga keladi va tizimni boshqarish uchun foydalaniladi uning holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul qilib olingan mahsulotni hisoblash uchun foydalaniladi.
Neft mahsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko‘rib chiqamiz (4.23–rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang‘ich paytda rezervuar 1a bo‘shatilgan, rezervuar 1b esa to‘ldirilgan bo‘lsin. Bu holda «Ishga tushirilsin» («Pusk») buyrug‘idan so‘ng to‘ldirilgan rezervuarning og‘irligi RNV ni aniqlash va uni xotiraga yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuarning B ventileni ochishga buyruq beriladi. 1b rezervuardan mahsulot quyib olina boshlaydi. Shundan so‘ng 1a rezervuarni to‘ldirish ventili A ni ochishga buyruq berildadi. Bunda quyish tezligi tukish tezligidan ortiq bo‘ladi. Shuning uchun 1a rezervuardagi mahsulot sathi boshqa rezervuarni bo‘shatish jarayonida YuS datchigiga yetib oladi. Bu datchikdan berilgan signalga binoan 1a rezervuarning A ventili berkitiladi va suyuqlikni hamda rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan τ vaqt o‘tgandan so‘ng kontroller to‘ldirilgan 1a rezervuarning RNA og‘irligini aniqlash va xotiraga olishni amalga oshiradi. Og‘irlikni aniqlash A va B ventillar berkitilgan holda, ya’ni statik rejimda amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu xatolikning dinamik tashkil etuvchilari paydo bo‘lishining oldini oladi. Shu o‘lchashdan so‘ng 1b rezervuardagi mahsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik ishlab ketgan paytda mikrokantroller 1b rezervuardan mahsulotni chiqarishni (to‘kishni) to‘xtatadi va shu bilan bir vaqtda 1a rezervuardan mahsulotni to‘kishni (chiqarishni) boshlaydi. Uning buyrug‘iga ko‘ra bir rezervuarning B ventili berkitiladi va ikkinchisining B ventili ochiladi. Tinchlantirish vaqti τ o‘tgandan so‘ng 1b bo‘shatilgan rezervuarning REV og‘irligini aniqlash va bir siklda berib yuborilgan mahsulotning R1=RNV – RSV porsiyasining og‘irligini hisoblash amalga oshiriladi. Og‘irlikning kilogramm hisobidagi qiymati indikatsiyaga chiqariladi. So‘ng bo‘shatilgan 1b rezervuarni to‘ldirish uchun A ventil ochiladi. YuS datchigidan kelgan signalga ko‘ra uni to‘ldirish to‘xtatiladi, τ vaqtdan so‘ng to‘ldrilgan rezervuar og‘irligining yangi Rnv qiymatini aniqlash va xotirlash amalga oshiriladi. Endi 1a rezervuardagi mahsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygandan so‘ng mikrokontroller 1a rezervuardan to‘kishni va 1b rezervuardan to‘kish boshlanishilishini bir vaqtda to‘xtatish uchun buyruq beradi, τ vaqtdan keyin to‘kilgan (bo‘shatilgan) 1a rezervuarning Rsa og‘irligini aniqlash, ikkinchi siklda berib yuborilgan mahsulotning R2≈Rna-Rsa porsiyasi og‘irligini hisoblash va berilgan mahsulotning yig‘indi og‘irligi R1+R2 ni hisoblash amalga oshiriladi. Bu qiymat indikatsiyaga chiqariladi. Keyin 1a rezervuarni takroriy to‘ldirish boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan (jo‘natilgan) mahsulot og‘irligining qiymati oldin berib yuborilgan mahsulot og‘irligiga qo‘shiladi va indikatsiyalanadi. Mahsulotni berish boshqarish pultidan «To‘xta» («Stop») signaliga ko‘ra to‘xtatiladi. Berilgan mahsulotning maksimal miqdori amaldagi indikatsiya sig‘imiga ko‘ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb tanlangan, shuning uchun indikatsiyaga oltita o‘nlik raqam chiqariladi (og‘irlik klogram hisobida). Berilgan mahsulotning to‘liq og‘irligi, indikatsiyadan tashqari, ikkilik o‘nlik kod bilan (oltita xona) iste’molchilar bilan hisob–kitob qilish tizimida bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi.
4.23 – rasm. Og‘irlik hisobi tizimi ishlashning vaqtga bog‘liqlik diagrammalari Tizimni ko‘rib chiqilgan ishlar rejimida (tartibida) o‘zgarmas unumdorlik Qchiq (4.23 – rasmga q.) bilan mahsulotni uzluksiz ravishda berib turish (sotish) ta’minlanadi. Bunga, agar mahsulotni quyish vaqti t uni to‘kish vaqti T dan kichik bo‘lganda, ya’ni
, ya’ni
shatr bajarilganda erishiladi.
Qkir va Qchiq unumdorliklarni tartibga solish D drossellar orqali amalga oshiriladi. Tengsizlik darajasi shartlar o‘zgarganda unumdorliklarning nominal qiymatlardan og‘ishning yo‘l qo‘yilgan qiymatlarini aniqlaydi. Tengsizlik buzilganda tizim chiqishida pulsasiyalanuvchi, uzlukli oqimni beradi, bu esa har doim ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Bu holda mikrokontroller boshqarish pultida “Uzlukli oqim” signalini ulaydi.
IV BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR