III bob. BOSIMNI O‘LCHASH
3.1-§. ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI
Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi:
, (3.1)
bu yerda, S – tekislik yuzi; F – shu tekislik yuziga tik ta’sir qiladigan bosim kuchi.
Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm2, bar, kgk/m2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. 3.1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
3.1 – jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |