Suyuqlikli manometrik termometrlar tizimi boshlang‘ich bosim ostida suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Buning uchun simob, ksilol, propil alkogol, metaksilol va hokazolar ishlatiladi. Suyuqlikli termometrlar uchun bog‘lovchi kapillyarlar uzunligi 0,6 m dan 10 metrgacha bo‘ladi. Bu termometrlar -150 °C dan 600 °C gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashga imkon beradi.
Termoballon harorati t0 dan t gacha orttirilganda undagi suyuqlik kengayadi, ortiqcha hajm kapillyarga va monometrik prujinaga ta’sir etadi. Biroq, termoballon va kapillyar qattiqligi monometrik prujinanikidan anchagina ko‘p, shuning uchun tizim hajmining orttirilishi monometrik prujina hajmining o‘zgarishi hisobidan bo‘ladi. Monometrik prujinaning deformatsiyalanishi natijasida uning erkin uchi siljiydi.
Suyuqlik uchun harorat ta’sirida o‘zgargan bosimni quyidagi tenglama orqali topish mumkin:
(2.15)
bu yerda, ∆R – berilgan bosimning o‘zgarishi, N/m2; β – berilgan suyuqlikning hajmiy kengayish koeffitsienti, ; ∆t - haroratning o‘zgarishi, °C; μ – berilgan suyuqlik hajmining kamayish koeffitsienti, m2/N.
Termoballondan siqib chiqariladigan ortiqcha suyuqlik hajmi quyidagi tenglama yordamida hisoblanishi mumkin:
(2.16)
bu yerda, V0 – t0 haroratda termoballondagi suyuqlik hajmi; a – termoballon materiali chiziqli kengayishining harorat koeffitsienti; β – suyuqlik hajmiy kengayishining harorat koeffitsienti.
(2.16) tenglamadan ko‘rinadiki, qizdirishda suyuqlik hajmining o‘zgarishi haroratning chiziqli funksiyasidan iborat ekan. Shuning uchun, suyuqlikli termometrlarning shkalasi gazli termometrniki kabi tekis bo‘ladi.
Termometrdagi suyuqlik qaynab ketmasligi uchun undagi boshlang‘ich bosim 1,47...4,96 mN/m2 (15...50 kg/sm2) gacha bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlab aytamizki atrof-muhit haroratining o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatolik suyuqlikli termometrlarda gazli termometrlarga qaraganda katta. Bu xatoliklar gazli termometrlar uchun hisoblanadigan tenglamalar bo‘yicha hisoblanaveradi. Kapillyar haroratining o‘zgarishida ayniqsa katta xatoliklar yuzaga keladi. Shuning uchun, kapillyarning uzunligi katta bo‘lganda kompensatsion qurilmadan foydalanish zarur.
Suyuqlikli termometrlarda termoballonning manometrga nisbatan balandligi bo‘yicha turlicha joylashishidan kelib chiqadigan xatolikni ham e’tiborga olish lozim. Bu xatolikni, asbobni o‘rnatgandan keyin, nolni to‘g‘rilash hisobiga kompensatsiya qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |