113
8-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISHDA IJTIMOIY – IQTISODIY
RIVOJLANISHNING SSENARIY SHARTLARINI ANIQLASH
8.1. Siyosiy qarorlar variantlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
rivojlanishiga ta'siri.
8.2. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini
tarkibi.
8.1. Siyosiy qarorlar variantlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
rivojlanishiga ta’siri
Ssenariy shartlarini ishlab chiqish, odatda, ikkita variantda amalga
oshiriladi:
1-variant – bazoviy – prognoz qilinayotgan davrda iqtisodiyotni
rivojlantirish tendenstiyalari hamda tashqi va ichki shartlarini saqlab
qolgan holda inerstion rivojlanish varianti.
2-variant – asosiy – prognoz qilinayotgan davrda mintaqaviy
darajada boshqaruvchi ta’sirlar tizimini qo’llash varianti.
Ssenariylarning ushbu variantlari bo’yicha prognoz qilinayotgan
davr uchun hisob-kitoblarni taqqoslash amalga oshirilishi ko’zda
tutilayotgan davlat hokimiyati organlari siyosatining samaradorligini
ko’rsatadi.
Ssenariy shartlarini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni hal etishga
e’tiborni qaratish zarur:
- aholining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan davlat
ta’siri chora-tadbirlarining majmuini ishlab chiqish va
asoslash;
- davlat
byudjeti
va
mintaqaviy
byudjetlarning
barqaror
to’ldirilishini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning real sektorini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- ishlab chiqarish va infratuzilmani yangilash maqsadida
investistiya faoliyatini rag’batlantirish;
- kichik tadbirkorlikni
rivojlantirish;
- korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, kreditorlik
qarzlarining miqdorini pasaytirish, korxonalarning asosiy va aylanma
sarmoyasini moliyalashga jalb etiladigan kredit resurslarining hajmini
oshirish chora-tadbirlari majmuini
amalga oshirish;
114
- real byudjetlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat
mablag’larini tejagan holda soliq va soliqdan tashqari to’lovlarni to’liq
safarbar etish, byudjet taqchilligini qisqartirish;
- aholining kam ta’minlangan qismiga yordam ko’rsatishni
takomillashtirgan holda uy-joy kommunal xo’jaligini moliyalash tizimini
va uni boshqarish tuzilmasini
isloh qilish;
- ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish;
- mahsulot sotish jahon va milliy bozorlarining ahvolini va
rivojlanish istiqbollarini baholash.
Investistiyalarni shakllantirishning barcha manbalarini: korxonalar
mablag’lari; ko’chmas mulk muomalasi; aholi jamg’armalari; xorijiy
investistiyalar; davlat va mintaqaviy byudjetlar mablag’lari va boshqa
manbalarini safarbar etish muhim vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: