B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv 
 
Tizimli  yondashuv  mohiyati  tizimlar  umumiy  nazariyasi  talablarini 
amalga  oshirishdan  iborat  bo’lib,  unga  ko’ra  har  bir  obyekt  uni  tadqiq 
etish  jarayonida  katta  va  murakkab  tizim  sifatida  va  bir  vaqtning o’zida, 
umumiy tizim unsuri sifatida ko’rib chiqilishi lozim. 
1.  Tizimli-majmuaviy  yondashuv  –  turli  ijtimoiy  tizimlar 
(majmualar)  –  korxonalar,  mintaqalar  va  jamiyatga  nisbatan  tizimli 
yondashuvni  aniqlashtirish.  Har  bir  majmua  murakkab  dinamik  tizim 
sifatida  va  darajasi  bo’yicha  yanada  yuqori  tizimning  unsuri  sifatida 
ko’rib  chiqiladi.  Bunda  unsuriy,  tarkibiy,  Funksional,  maqsad,  resurs, 
kommunikativ va tarixiy jihatlardan foydalaniladi. 
2. 
Tizimli-dasturiy 
(dasturiy-maqsadli) 
yondashuv 
strategik 
rejalashtirish  obyektlarining  yirik  lokal  ilmiy,  texnik,  ijtimoiy,  iqtisodiy 
va  boshqa  muammolarini  hal  etishga  nisbatan  tizimli  yondashuvni 
aniqlashtirish. Tizimli-dasturiy yondashuvga xos belgilar: aniq maqsadga 
yo’naltirilganlik, 
tadbirlarning 
kompleksligi, 
amalga 
oshirish 
muddatlarining  aniqligi  va  resurslar  manbalarining  ko’rsatilishi.  Tizimli-
dasturiy  yondashuvni  amaliyotga  tatbiq  etish  jarayonida  quyidagilarni 
ta’minlash  zarur:  1)  rejalashtirilayotgan  tizimni  rivojlantitrish  maqsadini 
yoki  uning  uchun  maqsadlar  tizimini  ilmiy  jihatdan  ta’riflash;  2) 
maqsadlarga  erishishning  muqobil  variantlarini  ishlab  chiqish;  3) 
resurslar  hajmi  va  tarkibini  aniqlash;  4)  rejalashtirilayotgan  tizimning 
faoliyat  ko’rsatish  modelini  ishlab  chiqish;  5)  muqobil  varintlardan 
biznes-qarorlarni tanlash uchun mezonni qidirib topish. 
3. 
Tizimli-multiplikastion 
yondashuv 
(multiplikastiya 
– 
ko’paytirish) – samaralari paydo bo’lishi bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq 
etishga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. 
4.  Tizimli-me’yoriy  yondashuv  –  rejalashtirish  subyektlarining 
talablarini indikativ rejalashtirishga, uning obyektlariga nisbatan (mehnat, 
moddiy  va  h.k.)  resurslardan  optimal  tarzda  foydalanish  bo’yicha  tizimli 
yondashuvni  aniqlashtirish.  Odatda  u  quyidagi  uchta  muhim  yo’nalishda 
amalga  oshiriladi:  a)  ijtimoiy  yo’nalishlarni  belgilash  (dasturlar  va 
rejalarda  ijtimoiy  tizim  holatining  muayyan  darajasiga  erishish  uchun 


 
110 
maqsadlarni  shakllantirish,  masalan,  ishsizlik  darajasini  mamlakat 
iqtisodiy faol aholisining 5 foizigacha kamaytirish); b) ishlab chiqarishni 
boshqarishda  va  boshqa  sohalarda  me’yorlar  tizimidan  foydalanish. 
Me’yor  –  joriy  va  rejalashtirilayotgan  davr  sharoitida  belgilangan 
sifatdagi mahsulot birligini tayyorlash (ishlarni bajarish) uchun resursning 
ijtimoiy  zarur  sarflarining  ilmiy  asoslangan  o’lchovi;  v)  normativlar 
tizimini ishlab chiqish va foydalanish. Normativ  – me’yorning resursdan 
foydalanish darajasini yoki o’lchov birligi uchun uning solishtirma sarfini 
tavsiflovchi  tarkibiy  qismi,  masalan,  amortizastiya  ajratmalari,  soliq 
stavkalari, boshqaruv normativlari. 
5.  Tizimli  –  tejash  rejimi  yondashuvi  –  faoliyatning  barcha 
sohalarida  tejash  qonuni  talablarining  amalga  oshirilishini  ta’minlovchi 
tadbirlarni  tadqiq  etish,  ishlab  chiqish  va  asoslashga  nisbatan  tizimli 
yondashuvni  aniqlashtirish.  Indikativ  rejalashtirish  amaliyotida  ushbu 
metodologik  yondashuv  tejash,  tadbirlarini  ishlab  chiqish  va  bir 
resurslarni boshqasi bilan, eskirgan  texnologiyalarni ilg’or texnologiyalar 
bilan  samarali  almashtirish  bo’yicha  topshiriqlarni  belgilash. 
Xarajatlarning  unda  ular  foydali  samara  birligiga  kamayadigan  tarzda 
qisqarishi  (solishtirma  xarajatlar)  tejash  rejimiga  mos  keladi.  Mazkur 
yondashuvning  asosiy  yo’nalishlari  –  asosiy  va  aylanma  xarajatlarni 
kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab 
chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash. 
6. Tizimli-dinamik yondashuv – indikativ rejalashtirish obyektlarini 
rivojlantirish,  sifat  xususiyatlarini  oshirishga  yo’naltirilgan  tadbirlarni 
tadqiq  etiish,  ishlab  chiqish  va  asoslashga  nisbatan  tizimli  yondashuvni 
aniqlashtirish. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  indikatorlari  sifatida  iqtisodiyotning 
dinamikasi,  tarkibi  va  samaradorligini;  moliya-kredit  siyosatining 
holatini;  tovarlar  va  qimmatli  qog’ozlar  bozori,  valyuta  bozorining 
holatini;  narxlar  harakatini;  aholining  bandligi  va  turmush  darajasini 
tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.  
Ko’rsatkichlarning  o’zaro  bog’liq  va  muvazanatlashgan  tizimi 
davlatning  ta’siri  choralari  bilan  to’ldiriladi,  shu  jumladan  byudjet 
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona 
bojlari,  listenziyalar  va  kvotalar,  davlat  buyurtmalari  va  boshqalardan 
foydalaniladi.  

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish