Guruhlar uchun topshiriqlar.
guruh.
Iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy resurslar, iqtisodiyot nazariyasi tushunchalarining mazmunini yoriting.
“Iqtisodiyot” so’ziga klaster tuzing.
Iqtisodiyot murakkab va ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, turlicha mazmun va talqinga ega. Iqtisodiyot bu, birinchidan xo‘jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va uchinchidan, fan darajasida mujassamlashgan bilimlardir. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot fanida ehtiyoj deb ataladi. . Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
2-guruh.
Iqtisodiyotning bosh masalasi qanday? U bilan bog’liq qanday muammolar mavjud? “Ehtiyoj” tushunchasiga klaster tuzing.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar cheklangan. Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
3-guruh.
Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy iqtisodiy oqimlar qaysilar va ular ta’limotining mazmuni qanday? “Iqtisodiy oqimlar” tushunchasiga klaster tuzing.
Iqtisodiy oqimlar: merkantilizm, marksizm, fiziokratlar, marjinalizm…
Merkantilzm: bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar.
Marksizm: bu oqimda o’zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
Fiziokratlar: bular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g’oyani olg’a surdilar.
Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo’llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |