4-guruh.
Iqtisodiyot nazariyasining asosiy bilish usullari qanday?
“Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar” tushunchasiga klaster tuzing
Har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi.
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar: iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir tuzilma deb hisoblanadi;
iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;
iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.
Insert jadvali
Tushunchalar
|
V
|
+
|
-
|
?
|
Iqtisodiyot
|
√
|
|
|
|
Ehtiyoj
|
|
√
|
|
|
Iqtisodiyotning bosh masalasi
|
|
|
√
|
|
Iqtisodiy resurslar
|
|
|
√
|
|
Iqtisodiy qonunlar
|
|
|
|
√
|
Iqtisodiy kategoriyalar
|
√
|
|
|
|
Iqtisodiy oqimlar
|
√
|
|
|
|
O’rganish uslublari
|
|
|
|
√
|
(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+) – yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur.
Assesment topshirig`i
Test
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o’rganish;
b)iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo’jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o’rganish;
c) huquqiy munosabatlarni o’rganish;
d) tabiiy jarayon va hodisalarni o’rganish.
|
Muammoli vaziyat
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga bir qator muammolarni qo`yadi? Nima deb o`ylaysiz, bu qanday muammolar bo`lishi mumkin va nima uchun?
|
Simptom
Umumiqtisodiy qonunlar- ehtiyojlarni o`sib borish qonuni hisoblanadi.
|
Amaliy ko‘nikma
Birinchi mavzu bo`yicha olgan bilimlaringiz asosida, ko`plab maktab nomoyondalarining iqtisodiyot haqidagi qarashlariga atroflicha baho bering.
|
Amaliy ko’nikma:
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy jarayonning funktsional bog’lanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri shveytsariyalik iqtisodchi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912 yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keldi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omilikate deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |