Iqtisodiy resurslar nimalardan iborat? Ularni tasniflashda iqtisodchilar qanday kategoriyadan foydalanadilar? Nima sababdan mahsulot ishlab chiqarish omillari ham resurslar deyiladi? Nima uchun ular xarajatlar deb nomlanadi?
Javoblar:
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o’ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir.
B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar
|
Tushuncha
|
Bilaman “+”,
Bilmayman “-”.
|
Bildim “+”,
Bila olmadim “-”.
|
1
|
Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
|
+
|
|
2
|
Iqtisodiy resurslar
|
+
|
|
3
|
Iqtisodiyotning doimiy va bosh muammosi
|
|
+
|
4
|
Ehtiyojlarning cheksizligi
|
|
+
|
5
|
Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi
|
|
-
|
6
|
Asosiy iqtisodiy oqimlar
|
+
|
|
7
|
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida qaror topishi
|
|
+
|
8
|
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar
|
|
+
|
9
|
Ehtiyojlarning tarkibi
|
|
-
|
10
|
Ehtiyojlarning turlari
|
|
-
|
11
|
Ehtiyojlarni qondirish muammolari
|
|
-
|
12
|
Sharq va G’arbdagi iqtisodiy g’oyalar
|
|
-
|
13
|
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
|
|
+
|
14
|
Iqtisodiy qonunlar
|
+
|
|
15
|
Iqtisodiy kategoriyalar
|
+
|
|
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Iqtisodiy resurslar – mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, imkoniyatlar va manbalardir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
Ehtiyojlarning cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiyma’naviy ehtiyojlarga taalluqli.
–
Iqtisodiy oqimlar: merkantilizm, marksizm, fiziokratlar, marjinalizm…
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsa-da, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
-
-
–
-
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin. Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |