6.13. Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik uglevodorodlarni dealkillash Mazkur jarayon Germaniyada ikkinchi jahon urushi yillari keng
joriy etilgan bo‘lib, yuqori oktanli benzinlar va aromatik uglevodo-
rodlar olish uchun qo‘llanilgan. АQSHda jarayon benzol va naftalin
olish maqsadlari uchun keng ko‘lamda olib boriladi. Хorijda benzol
va naftalinni yetishmay qolganligi sababli ushbu jarayon tez rivojla-
nadi. Dealkillash jarayonining 2 turi mavjud: termik va katalitik.
Reaksiya sxemasi:
Termik dealkillash 750ºC da 40 atmosfera bosimi ostida bora-
di. Jarayon haroratini pasaytirish va benzolning salmog‘ini oshirish
maqsadlarida qo‘llanma adabiyotlarda molibden, kobalt, nikel oksid-
lari (aluminiy oksidida) yoyuvchili katalizatorlarni ishlatish hamda
katalitik deallash jarayonini 620ºC da amalga oshirish to‘g‘risida
ko‘rsatmalar mavjud. Bunda xrom va aluminiy oksidlari asosidagi
katalizatorlarga afzallik berilgan.