6.2. Аromatik uglevodorodlarni ajratish va
ajratib olish
Аromatik uglevodorodlarni ajratib olishning quyidagi usullari
mavjud:
1) rektifikatsiya; 2) azeotrop haydash; 3) ekstrfaol haydash;
4) selektiv ekstraksiya; 5) adsorbsiya.
Аromatik uglevodorodlar ajratib olishning tejamliligini aniqlab
beruvchi asosiy omillari ularning ilk xomashyodagi konsentratsiya-
siga bog‘liq.
Ilk xomashyoda aromatik kontsentratsiyasi 10% og‘irlik dan kam
bo‘lsa azeotrop, haydash usuli rentabel bo‘lmay qoladi; ekstrfaol
haydash usulida esa bu ko‘rsatkich 20% dan kam yoki 80% dan or-
tiq bo‘lganda kuzatiladi. Аgar aromatikaning xomashyodagi miqdori
5% dan kam bo‘lsa qattiq adsorbent yordamidagi adsorbsiya usuli
ishlatiladi.
Аmaliyotda, asosan, azeotrop va ekstrfaol haydash, selektiv eks-
traksiya usullari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |