2.3.2. Katalizatorning kiritish sxemasi Katalizatorning sistemaga kiritish usuli va uni regeneratsiya qi-
lish yo‘li bilan jarayonni texnologik bejash farqlanadi. Оdatda, kata-
lizator sistemaga uch usul bilan kiritiladi:
1. Suspenziyalashtirilgan katalizatorli sxema.
Juda maydalangan yoyuvchi (kizelgur) yuzasida kobalt metali
o‘tirib qoladi va so‘ng reaktorga keladi.
Usul kamchiliklari: apparaturaning eroziyasi, katalizator tayyor-
lash operatsiyalarining murakkabligi va beso‘naqayligi.
2. Ikki reaktorli va triadali sxemalar.
Katalizer–apparat yuzasiga kobalt metalli o‘tirib qolgan statsi-
onar yoyuvchi bilan to‘latiladi. Shu apparatning o‘zida 150–180ºC
haroratda va 200–300 atmosfera bosimi ostida kobalt karbonili hosil
bo‘lishi va ularni xomashyoda erib ketishi amalga oshadi. Shunday
yo‘l bilan tayyorlangan katalizator karbonillash reaktoriga boradi.
3. Tuzli sxemalar.
Kobalt reaktorga yog‘ yoki naften kislotalarning tuzi ko‘rinishida
kiritilib, so‘ngra reaksiya sharoitlarida kobalt karbonillari hosil
bo‘ladi:
2R(COO)
2
Co+8CO+2H
2