3.2.1. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari kreking va riforming
nomi bilan ataladi.
Krekingning 2 xil – termik va katalitik turi mavjud.
Destruktiv qayta ishlashga berilayotgan dastlabki xomashyoga va
jarayonni olib borish sharoitiga qarab gazning miqdori va tarkibi
keng doirada o‘zgarib turishi mumkin.
24
Termik kreking «xom» neft fraksiyasi faqat termik yo‘l bilan
destruktsiya qilinadi, bunda xomashyo sifatida ko‘pincha gazoil deb
ataladigan 200–400ºC fraktsiya ishlatiladi. Bunga ikki yo‘l bilan:
bug‘ fazada (t=580–650ºC, P=5–10 atmosfera) kreking yo‘li bilan
va aralash fazada (t=350–500ºC, P=25–70 atmosfera) kreking bi
-
lan erishish mumkin. Birinchi holida olefinlarga boy bo‘lgan xom-
a shyoga nisbatan 30% gacha gaz hosil bo‘ladi; ikkinchi holida gaz
-
ning salmog‘i xomashyoga nisbatan kamroq 10–12%, u 15% kamroq
olefinlardan iborat bo‘ladi.
Termik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan va benzinlar
-
ni antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan yuqo
-
ri qaynovchi benzin fraksiyalarini termik riformingidir. Uni 550–
600 ºC harorat da va 40 atmosfera bosimda olib boriladi. Gazlar ter
-
mik riformingda (boshlang‘ich xomashyoga nisbatan) ancha ko‘p
miqdorda, o‘rtacha 16–17% og‘irlikda hosil bo‘ladi.
Termik kreking o‘z o‘rnini yuqoriroq oktan sonli benzin olib
beruvchi katalitik krekingga bo‘shatib bermoqda. Jarayon t=450ºC
haroratda va 1–15 atmosfera bosimda alyumosilikat katalizatorla
-
ri (Al
2
O
3
∙SiO
2
) ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking gazlarida
ayrim hollarda termik krekingdagiga nisbatan ancha ko‘p olefin ug
-
levodorodlar mavjud bo‘ladi. Katalitik krekingda C
3
va C
4
uglevodo
-
rodlar va izotuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi.
Katalitik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan katalitik ri
-
forming gazlari asosan vodorod (90% gacha) va to‘yingan uglevo
-
dorodlardan iborat, shu sababli u gaz holidagi olefinlar olish man
-
bai bo‘lib xizmat qila olmaydi. Ushbu jarayon benzinlarni antideto
-
natsion xususiyatlarini yaxshilashga va aromatik uglevodorodlarni
olishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, neftni destruktiv qayta ishlash
jarayonlari gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish uchun xizmat
qilishi mumkin, biroq gazlardagi etilen miqdori kam bo‘lganligi bois
neftni destruktiv qayta ishlash gazlaridan etilen ajratib olish maqsad
-
ga muvofiq emas.
Оlefin uglevodorodlar olishning maxsus usullari neftkimyo
uchun ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |