Didaktik tashxislash
– ta’lim jarayoni kechadigan barcha sharoitlarni
oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash usuli. Usiz ta’lim jarayonni samarali
boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxis o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan
bog’liq holda, o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish va baholash didaktik
tashxislashning tarkibiy qismlari sanaladi. Didaktik tashxislash quyidagi nazorat
shakllarini o’z ichiga oladi: 1. Nazorat. 2. Ma’lumotlarni tahlil qilish. 3. Tekshirish.
4. Dinamika. 5. Baholash. 6. Rivojlanish an’analarini aniqlash. 7. Statistik
ma’lumotlarni to’plash va ularni tahlil qilish. 8. Voqelikning keyingi rivojini taxmin
qilish (bashoratlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |