Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish – o’qituvchilar, o’quvchilar,
ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning ta’lim
muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilganligini ifodalovchi
boshqaruv tamoyillaridan biri. Bu turdagi boshqaruv ta’lim muassasalari faoliyatini
tartibga solish, o’quvchi, o’qituvchi va ota-onalar, shuningdek, malakali kadrlarga
210
buyurtma beruvchi ishlab chiqarish vakillarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
yangi ta’limiy xizmatlarni joriy qilish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashga
xizmat qiladi.