Ta’lim turlari
(yun. “species” – alohida, o’ziga xos xususiyatga ega) – ta’lim
mazmuni, ta’limni tashkil etish o’rni, bosqichi, qo’llaniladigan vositalari va ta’lim
oluvchilarning yoshiga ko’ra farqlanuvchi ta’lim ko’rinishlari; o’quv jarayonini
tashkil etish, amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuv. Qadimda ta’limning
suqrotcha suhbat (ta’lim oluvchini muammoli savollarga javob topishga undash
asosida tashkil etilgan ta’lim) va dogmatik o’qitish (bilimlarni yodlash va takrorlash)
kabi turlaridan foydalanilgan. Dogmatik o’qitishga ko’ra ta’lim oluvchilarning
faoliyatlari tinglash, o’qish, yod olish, eslab qolish, matnni so’zma-so’z
takrorlashdan iborat bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |