Ta’lim sifati
– ta’lim xizmatlarining yaroqlilik darajasi, DTSga to’la javob
berishi.
Ta’lim tamoyillari
– ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod,
vositalar, ta’limni tashkil etish shartlarini belgilovchi yetakchi qoida, boshlang’ich
asoslar. Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillari ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy-
g’oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; ko’rgazmalilik;
tarbiyalovchi xarakterga egalik; tabiat bilan uyg’unlik; fundamentallik va amaliy
yo’nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi);
madaniy taraqqiyot bilan uyg’unlik; insonparvarlik; ta’limning o’quvchilar yoshi,
individual xususiyatlariga mos kelishi; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini
hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |