B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


Ta’lim oluvchilarning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Ta’lim oluvchilarning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi 
– uzluksiz ta’lim 
tizimining  turli  bosqichlarida  o’quvchi  (talaba)larning  ta’lim  jarayonidagi  doimiy, 
izchil,  faol  ishtiroki.  Mazkur  holat  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  holatlardan 
tashqari  majburiy  hisoblanadi.  O’quvchi  (talaba)larning  o’quv  mashg’ulotlariga 
qatnashishi va o’qituvchilarga yuklamani samarali taqsimlashni nazorat qilish uchun 
bir  yilda  kamida  ikki  marta  (har  yarim  yilda  (umumiy  ta’lim  maktablarida);  o’quv 
semestrlari  tugallangandan  keyin  (o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari  va 
oliy o’quv yurtlarida)) davriy monitoring o’tkaziladi. Monitoring ta’lim muassasalari 
joylashgan  joy  bo’yicha  tashkil  etiladigan  Idoralararo  maxsus  guruhlar  tomonidan 
(Maxsus guruh) amalga oshiriladi. Maxsus guruhlarning tarkibi va rahbarlari tegishli 
vazirliklarning Xalq ta’limi Boshqarmasi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, 
Oliy  va  o’rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  rivojlantirish  markazi  bilan  kelishgan 
holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent 
shahar  hokimlari  tomonidan  tasdiqlanadi.  O’quvchi  (talaba)larning  o’quv 
mashg’ulotlariga qatnashishi monitoringi: ta’limi muassasalari tomonidan har oyda 5-
kundan kechikmay umumlashtirish va tahlil qilish uchun tegishli o’rta maxsus, kasb-
hunar  ta’limi  hududiy  boshqarmasiga  taqdim  etiladigan  axborot;  hududiy 
boshqarmalar  tomonidan  har  oyning  10-kunidan  kechikmay  hisobot  davri  uchun 
maxsus  guruhlarga  taqdim  etiladigan  umumlashtirilgan  axborot;  maxsus  guruhlar 
tomonidan  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  yoki  alohida  olingan 
o’quv  guruhlarida  o’tkaziladigan  rejali  va  tanlab  tekshirishlar  asosida  olib  boriladi. 
Taqdim  etiladigan  axborotning  ishonchliligi  uchun  javobgarlik  tegishli  ta’lim 
muassasasining rahbari zimmasiga yuklanadi. 
Maxsus  guruh  tomonidan  belgilangan  jadval  bo’yicha  o’tkaziladigan 
tekshirishlar  yakunlariga  ko’ra  o’quvchi  (talaba)larning  o’quv  mashg’ulotlariga 
qatnashish  darajasi  90  foizdan  past  ekanligi  aniqlangan  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 


 
206 
ta’limi muassasalarida: keyingi 3-5 kun mobaynida davomatni qo’shimcha tekshirish 
o’tkaziladi;  o’quvchi  (talaba)larning  o’quv  mashg’ulotlariga  qatnashishi  reyd 
tekshirishlari yo’li bilan bir yilda kamida ikki marta qo’shimcha ravishda o’rganiladi, 
o’rganish  asosida  ularning  mashg’ulotlarga  qatnashmasligi  sabablari  aniqlanadi. 
Ta’lim oluvchilarning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi darajasi 70 foizdan pastni 
tashkil  etadigan  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  maxsus  guruh 
tomonidan doimiy asosda davomat monitoringi amalga oshiriladi. 
O’quvchi  (talaba)larning  o’quv  mashg’ulotlariga  qatnashishi  monitoringini 
amalga  oshirish  maqsadida  har  bir  ta’lim  muassasasida  O’zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi  bilan  kelishgan  holda  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Oliy  va  o’rta  maxsus 
ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, , Oliy va o’rta-maxsus, 
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi tomonidan belgilanadigan shakl bo’yicha 
“O’quvchi  (talaba)larning  o’quv  mashg’ulotlariga  qatnashishi  monitoringi  daftari” 
(Monitoring daftari) yuritiladi.  
Monitoring  daftari  qat’iy  hisobot  beriladigan  hujjat  hisoblanadi.  Unda  aks 
ettirilgan  axborotning  ishonchliligi  uchun  tegishli  maxsus  guruh  rahbari  mas’ul 
hisoblanadi.  Monitoring  daftariga  rejali  va  tanlab  tekshirishlar  davomida  maxsus 
guruh tomonidan aniqlangan ma’lumotlar, shu jumladan o’tkazilgan rejali yoki tanlab 
tekshirishlar sanasi, vaqti, o’quv guruhi raqami, o’quv fanining nomi, o’qituvchining 
familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  ro’yxat  bo’yicha  o’quvchilar  soni,  mashg’ulotda 
hozir  bo’lgan  o’quvchilarning  amalda  mavjudligi,  sabablari  ko’rsatilgan  holda 
mashg’ulotda  qatnashmaganlar  ro’yxati  kiritiladi.  Aniqlangan  ma’lumotlar  maxsus 
guruhning  rahbarlari  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasasining 
direktorining imzolari bilan tasdiqlanadi. 
Monitoring  yakunlari  bo’yicha:  maxsus  guruhlar  hududiy  boshqarmalar  bilan 
birgalikda  o’quvchi  (talaba)larning  o’quv  mashg’ulotlariga  qatnashish  darajasini 
oshirish,  kam  sonli  o’quv  guruhlarini  birlashtirish,  o’qituvchilarning  yuklamasini 
o’zgartirish hisobiga byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish bo’yicha 
taklif  va  tavsiyalarni  tayyorlaydi,  ko’rib  chiqish  uchun  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari,  O’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga kiritadi; 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari,  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi:  o’quvchi  (talaba)larning 
o’quv mashg’ulotlariga qatnashmasligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan 
tashqari,  sabablarining  oldini  oluvchi  shart-sharoitlar  yaratish;  o’qituvchilarning 
o’quv  yuklamasi  (ta’rifikatsiya)ni  tegishli  ravishda  qisqartirgan  holda  kam  sonli 
o’quv  guruhlarini  birlashtirish;  o’qituvchilarning  o’quv  yuklamasi  (ta’rifikatsiyasi) 
qisqarishi 
munosabati 
bilan 
tegishli 
o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
muassasalarining  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirishlar  kiritish  tadbirlarini  amalga 
oshirish bo’yicha qo’shma qaror qabul qilinadi.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish