Ta’limning individual shakli
– ta’lim jarayonida har bir o’quvchining alohida,
mustaqil faoliyat yuritishi, o’qituvchining u bilan alohida ishlashi. Unga ko’ra
o’quvchi boshqa o’quvchilar bilan bevosita aloqaga kirishmaydi. Individual ta’lim
o’z mohiyatiga ko’ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan
farq qilmasa-da, biroq, o’quvchi o’zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o’qituvchi
tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Ushbu ta’lim shakliga xos bo’lgan
ko’rinishlar ibtidoiy jamoa tuzumidayoq namoyon bo’lgan. Tirikchilik qilish uchun
keksa avlod vakillari o’zlarining hayotiy tajribalarini yosh avlodga o’rgatish
jarayonida individual ta’limning klassik asoslari shakllana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |