Ta’lim muassasasi
– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilib,
o’quv-tarbiyaviy faoliyatni olib borish huquqiga ega yuridik shaxs.
Ta’lim natijasi
(ta’lim mahsuli) –
belgilangan maqsadni amalga oshirish
darajasini belgilovchi ta’lim yakunining mohiyati; o’quv jarayonining oqibati.
Ta’limni amaliylashtirish
– shaxs (o’quvchi) tomonidan nazariy bilimlarni
puxta o’zlashtirilishini ta’minlash asosida ularni amaliyotda faol qo’llash va ijtimoiy
faoliyatga tayyorlash.
Ta’limni axborotlashtirish
–
o’quvchilarning o’qitish jarayonida hisoblash
texnikasi, axborot texnologiyalaridan ommaviy ravishda, keng, faol, samarali,
maqsadli foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan
tashkiliy-pedagogik faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |