“Suqrotcha suhbat” metodi
– o’quvchiga
yo’naltiruvchi savollar berish orqali
uni haqiqatni topishga undovchi, rag’batlantiruvchi metod. Unga ko’ra o’qituvchi
(faylasuf) o’quvchida qiziqish, bilishga intilishni uyg’otadigan savoldan foydalanadi,
mulohaza yuritish asosida o’quvchini voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishga
undaydi. O’qituvchining mulohazasi ko’pincha ritorik savollarni muhokama qilish
bilan to’ldirilib turiladi. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o’quvchilar ishtirokida
tashkil etiladi. Suqrotcha suhbatni tashkil etishda alloma o’quvchilarni “Men faqat
hech narsani bilmasligimni bilaman” g’oyasi (tezisi) asosida faoliyat yuritishga
undagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |