B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Sinf-muloqot  nazorati 
–  sinf  jamoasining  dars  va  darsdan  tashqari  jarayonda 
shakllanishiga ta’sir etuvchi o’ziga xos omillar e’tiborga olinadigan nazorat shakli.
 
 
Sinf 

 
yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan muayyan o’quvchilar guruhi.
 
 
Sitseron, Mark Tulliy 
(er.av. 106 – er.av. 43 y.y.) – qad. Rim faylasufi, notig’i. 
U  e.av.  106  yili  uncha    katta  bo’lmagan  Arpinum  shahrida  o’ziga  to’q  suvoriy 
oilasida  tug’ilgan.  Mark  14  yoshga  to’lganida  otasi  uni  o’sha  davr  an’anasiga  ko’ra 
(viloyatlarda yashovchi o’ziga to’q oilalar shunday yo’l tutishgan) Rim shahriga olib 
borib qo’yadi. Yosh Mark Rimda matematika bilan jiddiy shug’ullana boshladi, “12 
jadval” qonunlarini yodlaydi, falsafiy va badiiy mavzularda yaratilgan Yunon va Rim 
adabiyotlarini  o’rgandi.  Sitseron  16  yoshga  to’lganida  taniqli  notiqlardan  chiroyli 
so’zlashish  sirlarini  o’zlashtirish  bilan  birga  mavjud  bilimlarini  boyitishni  davom 
ettirdi.  Mashhur  notiq  Forumning  sud  ishlarida  ishtirok  etish  orqali  nutqlar  so’zlash 
shartlarini o’rgandi. 
Mark  17  yoshga  to’lganida  o’sha  davr  an’anasi  va  talabiga  muvofiq  bir  yil 
davomida  harbiy  xizmatni  o’taydi.  Bir  yildan  so’ng  Rimga  qaytgach,  avvalgi 
murabbiylaridan  eski  tartibga  muvofiq  dars  olishni  davom  ettiradi.    Biroz  vaqtdan 
so’ng u himoyachi (advokat) sifatida sud jarayonida muvaffaqiyatli chiqishlar qiladi. 
Bu  davrda  Sitseronda  Gretsiyaga  safar  qilish  niyati  tug’ildi.  Sitseron  Gretsiyaning 
Afina  va  Rodos  shaharlarida  ritorika  va  falsafa  maktablarida  faoliyat  ko’rsatib, 
o’zining falsafiy bilimlarini takomillashtirib bordi. 
Ulug’ alloma Platon Akademiyasining faoliyatini yuqori baholaydi. Bu o’rinda u 
quyidagilarni  qayd  etib  o’tgan:  “Platon  Akademiyasi  menga  mashhur  ritoriklardan 
olgan bilimlaridan ko’p ma’lumotlarni berdi”. Rimga qaytganidan so’ng Sitseronning 
ijtimoiy-siyosiy  faolligi  yanada  kuchaydi.  O’ziga  to’q  suvoriylarning  manfaat  va 
qiziqishlarini  himoya  qilishda  ketma-ket  muvaffaqiyatlarga  erishib  bordi.  Biroq, 
Antoniyaga qarshi chiqishi uning uchun fojiali yakunlandi va qasddan o’ldirildi.  
Sitseron  o’zining  qat’iy  axloqiy  tamoyillari,  go’zal  xarakteri  (garchi  bu  unga 
juda ko’p noxushliklar keltirgan bo’lsa ham) bilan konsul va himoyachi sifatida Rim 
manfaatlarini  yoqlash  uchun  kurashdi.  Ulug’  allomaning  fikriga  ko’ra,  tarbiya  – 
insonga tabiatdan berilgan qobiliyatlarni takomillashtirish va rivojlantirishga berilgan 
eng  oliy  ne’mat.  Tarbiya  yordamida  inson  tabiat  tomonidan  yaratilgan  sifatlarni 
yuksak  axloqiy  qarashlar,  tamoyillar  bilan  boyitadi,  bunda,  ayniqsa,  uning  ongi 
rivojlanadi.  Sitseronning  yondashuviga  ko’ra,  kimki  yoshligidan  o’zida  eng  yuksak 
axloqiy fazilatlarni shakllantirib, rivojlantirib borsa, ana o’shagina davlat manfaatlari 
uchun  ko’p  ishlarni  amalga  oshirishga  qodir.  Bolalar  tarbiyasini  tashkil  etishga 
qanchalik  erta  kirishilsa,  ularda  shakllantirilgan  axloqiy  fazilatlar  shunchalik  qat’iy 
bo’ladi  va  ulardagi  yovuzliklarni,  salbiy  illatlarni,  ayniqsa,  mehnatga  bo’yin 
egmaslikdek salbiy odatni shunchalik  tez yo’q qilish mumkin. 
Shaxsda  ezgu  xislatlar,  yuksak  axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish  murakkab 
jarayon  bo’lib,  uni  izchil  va  uzluksiz  tashkil  etish  talab  qilinadi.  Bunda  asosiy 


 
178 
mas’uliyat  o’qituvchining  zimmasiga  tushadi.  O’qituvchi  o’z  o’quvchilari  bilan 
qisqa,  qat’iy  va  adolatli  yondashgan  holda  muloqotda  bo’lishi  kerak.  Bolalarni  so’z 
yoki  amaliy  harakatlar  bilan  jazolash  mumkin.  Intizomni  saqlashga  qo’yiladigan  
talablar esa o’ta sust yoki o’ta qat’iy bo’lmasligi lozim.  O’quvchilar bilan muloyim 
gaplashilganda  ular  bilan  o’qituvchi  orasida  muayyan  masofa  bo’lishi  shart. 
Qolaversa, so’z va amaliy harakatlar bilan bolalarga beriladigan jazolar ular shaxsini 
haqoratlaydigan  darajada  bo’lmasligi  lozim.  Belgilangan  jazo  bola  tomonidan  sodir 
etilgan  xatti-harakat  darajasiga  mos  kelishi  lozim.  Shuningdek,  bir  ko’rinishdagi 
xatti-harakatga  aynan  bir  xil  jazoni  qo’llashga  e’tiborni  qaratish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Allomaning fikricha, o’qituvchi, ayniqsa, jahl ustida o’quvchilarni jazolamasligi 
zarur.  Chunki  bu  holatda  o’quvchilarning  xatti-harakati  bilan  belgilanadigan  jazo 
turining  mos  bo’lishi  inobatga  olinmaydi.  Bu  esa  o’z  navbatida  o’qituvchining 
obro’sini  tushiradi.  O’quvchilarda  unga  nisbatan  nafrat  yuzaga  keladi.  O’qituvchi 
o’quvchini  jazolanishi  to’g’risidagi  qarorini  keskin  aytayotganda  ham  qizishib 
ketishdan  o’zini  tiya  bilishi  zarur.  Chunki  bunday  holatda  o’qituvchining  xatti-
harakatlari keskinlashadi va ayblovi kuchayadi.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish