Separatizm
(fr. “separatisme” < “separatus” – alohida ajratilgan) – ajralib
chiqishga, alohida bo’lishga intilish) – muayyan davlatning tarkibiy qismidan bir
bo’lagini ajratib olib, yangi davlat tuzilmasini tuzish yoki mamlakatning ma’lum
qismida muxtoriyatni tashkil qilish harakati. Ushbu g’oya tarafdorlari ham muayyan
davlat hududida olib borilayotgan siyosatga aralashib, hokimiyatni noqonuniy yo’llar
bilan qo’lga kiritish g’oyasini ilgari suradi. Bu oqim tarafdorlari jamiyatda ijtimoiy-
siyosiy bo’linishni yuzaga keltiradi, mamlakat aholisining turli yo’nalishlarda kurash
olib borishlariga zamin yaratadi. Bir so’z bilan aytganda, separatizm tarafdorlari
muayyan davlat hududida fuqarolik urushlarning boshlanishi uchun dastlabki asosni
qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |