Pedagogik talab
– turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok
etish jarayonida o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor
me’yorlari va tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag’batlantirish yoki
to’xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo’ladi.
Pedagogik tashxis
– o’quv jarayonini optimallashtirish masalasini hal qilish,
o’quvchilarni tabaqalashtirish, shuningdek, ta’lim dasturlari va pedagogik ta’sir
metodlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan nazorat va baholash usullarining
majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |