Pedagogik muammo
–
hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum
bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala.
Pedagogik novatorlik
– pedagogik faoliyatda ilg’or tamoyil yoki g’oyani
asoslash, yangi yo’l, usul yoki vositalarni tavsiya qilish, ularning amaliyotga tatbiqini
ta’minlashga qaratilgan ijodiy yondashuv.
Pedagogik odob
– pedagog (o’qituvchi) oldiga uning o’ziga, kasbiga,
jamiyatga, bolalarga va o’quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan
munosabatda samimiy, ochiq bo’lishiga nisbatan qo’yiladigan axloqiy talablar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |