Pedagogika (
soha sifatida;
yun. “παιδαγωγική”; “πα
ῖ
ς” (“pais”) – bola,
“
ἄ
γω” (“agogos”) – yetaklayman) – shaxsni shakllantirishga qaratilib, muayyan tizim
asosida tashkil etiladigan faoliyat, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va
vositalari haqidagi fan. Umuman olganda “pedagogika” tushunchasi “bolani
tarbiyalayman”, “bolani kamolga yetkazaman”, “shaxsni tarbiyalash san’ati” kabi
ma’nolarni anglatadi. Ijtimoiy fanlar turkumiga kiradigan pedagogika fanining
maqsadi – shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy
sifatlarni tarbiyalash, muayyan faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirish
sanaladi. Fanning obyekti
shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda ilmiy bilimlarni
hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni
154
tarbiyalash jarayonidan iborat bo’lsa, predmetini
har tomonlama rivojlangan,
barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, ustuvor
tamoyillari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni,
pedagogik hodisalar tashkil etadi.
Pedagogika fanining asoslari ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni,
tamoyillari, qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari,
texnologiyalari, o’qituvchi hamda ta’lim oluvchi (o’quvchi, talaba) munosabatlari,
ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta’lim-tarbiya jarayonlarining
natijalaridan iborat bo’lib, fan quyidagi vazifalarni hal qiladi: barkamol shaxs,
malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon mohiyatini o’rganish;
shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash; rivojlangan
mamlakatlar ta’lim tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish; ta’lim
muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini
asoslash; ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari, ta’lim-tarbiyaning ilg’or usullari bilan
qurollantirish; ta’lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro
aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish; o’qitish va
tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish; oila tarbiyasini to’g’ri
tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Fan sifatida pedagogika quyidagi fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanadi:
1. Falsafa (tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini
o’rganadi). 2. Iqtisodiyot nazariyasi (ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab
chiqarish kuchlarining xalq xo’jaligining mavjud holatiga muvofiq kelishini, iqtisodiy
munosabatlar jarayonining umumiy asoslarini tadqiq qiladi). 3. Sotsiologiya (jamiyat,
ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, guruhlar, shaxs va jamiyat o’rtasidagi, ijtimoiy
subyektlarning o’zaro munosabatlar qonuniyatlarini ochib beradi). 4. Etika
(axloqshunoslik; ijtimoiy axloq me’yorlari, ularning shaxs va jamiyat hayotidagi
o’rnini, axloqning shakllanish shart-sharoitlari, shakllarini yoritadi). 5. Estetika
asoslari (nafis san’atni, badiiy ijodiyotni, tabiat va turmushdagi go’zallikning
mohiyatini, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o’rtasidagi qadriyatli munosabatni
o’rganadi). 6. Fiziologiya (odam, hayvon yoki o’simlik organizmi, ularning alohida
bo’laklari – muayyan tizimlari, a’zolari, to’qimalari va hujayralarining hayot faoliyati
(paydo bo’lish, o’sish, rivojlanish, ko’payish, atrof-muhitga moslashish kabi jarayonlar)ni,
ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni tadqiq qiladi). 7. Gigiena (tashqi muhitning inson
organizmiga ta’sirini, ta’sir ko’rsatuvchi omillarni, ularni bilish asosida
kasalliklarning oldini olish, sog’liqni saqlash choralari va qoidalari to’g’risida
ma’lumot beradi). 8. Psixologiya (inson faoliyati, shaxs xatti-harakatlarida borliqning
aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarning mohiyatini yoritadi). 9. Tarix
fanlari (kishilik jamiyatining rivojlanishi, muayyan davlatlar taraqqiyoti bosqichlarini
tadqiq
etadi).
10.
Madaniyatshunoslik
(madaniy
rivojlanishning
jamiyat
taraqqiyotidagi o’rni, tabiat, atrof-muhitga ta’siri, madaniyat, fan, din va san’at
turlari, ularning rivojlanish asoslarini o’rganadi). 11. Tibbiyot fanlari (insonlar
sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish, turli kasalliklarning oldini
olish, davolash haqidagi bilimlarni yoritadi). 12. Ma’naviyat asoslari (milliy istiqlol
g’oyasi asoslarini, insoniyatga xos falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va
155
b. tasavvurlar, tushunchalarni ifodalaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |