Nazorat ishlari
(pedagogik jarayonda)
– o’quvchi (talaba)lar tomonidan bilim,
ko’nikma,
malakalarning
o’zlashtirilganligi,
ma’naviy-axloqiy
sifatlar,
dunyoqarashning shakllanganlik darajasini aniqlash, tahlil qilish imkonini beruvchi
didaktik va ijtimoiy topshiriqlar. Ta’lim jarayonidagi nazorat ishlari quyidagi
vazifalarni bajaradi: nazorat (o’quv materiallarini o’rganishning keyingi bosqichiga
o’tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi; o’qituvchi tomonidan o’quv metodlari va
usullarining to’g’ri tanlaganligini belgilaydi); o’qitish (o’quvchilar tomonidan qaysi
mavzularning puxta o’zlashtirilganligi yoki aksincha, o’zlashtirilmaganligini aniqlash
asosida qo’shimcha chora-tadbirlarni belgilash imkoniyatini yaratadi); tarbiyalash
(o’quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydi,
bo’sh vaqtdan unumli foydalanishga harakat qiladi, intizomga o’rganadi; qolaversa,
o’quvchilarning bilim, qobiliyatlarini o’zlari mustaqil aniqlashlariga ham yordam
beradi; buning natijasida kamchiliklarni ko’ra olish va uni tugatish yo’llarini izlashga
ko’maklashadi); rivojlantirish (shaxsning tafakkurini o’stirish, his-tuyg’ulari, axloqiy
sifatlarini tarbiyalashga imkon tug’iladi).
Neofashizm
(lot. “neo” – yangi, ital. “fascismo”, “fascio” negizida) – to’da,
bog’ma, uyushma) eng reaksion terroristik diktatura g’oyalarini davom ettiruvchi
guruhlar harakati. U Ikkinchi jahon urushi yillarida tor-mor etilgan fashizmning
“vorisi” sifatida namoyon bo’ladi. Neofashizm shovinizmni, irqchilikni targ’ib
etishga asoslanadi. U yoshlarni o’ta millatchilik va ijtimoiy demogoglik ruhida
tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Harakat tarafdorlari ijtimoiy-iqtisodiy
beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda kuchayadi. Neofashizm g’oyaviy kurash
cheklangan usullari, ya’ni, qurolli to’qnashuvlarsiz, turli nashr ishlarini chop etish,
tarqatish va sh.k.dan foydalanadi. Biroq, bu harakat ham o’ta xavfli hisoblanadi.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik, aholining hukumatga bo’lgan
ishonchsizligi hokimiyat tepasiga neofashistlarning kelishi uchun qulay sharoitni
yaratishi mumkin. Neofashizmga qarshi kurashning eng samarali usuli jahon
miqyosida turli millat va elatlarning eng ezgu umuminsoniy, mamlakatlar miqyosida
esa milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar birligi hamda o’zaro uyg’unligiga
asoslangan g’oyalar atrofiga birlasha olishi, neofashizmga qarshi birgalikda kurashish
sanaladi.
Neyropedagogika
– inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy
(funksional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror
toptirish, ijtimoiy xulq-atvorni psixologik korreksiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni
tashxislash, bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini,
147
yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |