B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Navoiy,  Alisher 
(1441-1501  y.y)  –  alloma,  davlat  arbobi,  SHarq 
mutafakkirlaridan  biri.  Mutafakkir  1441  yil  9  fevralda  Temuriylar  davlatining 
poytaxti  Hirotda  tug’ilgan.  Otasi  G’iyosiddin  Muhammad  zamonasining  bilimdon 
kishilaridan va Temuriylar xonadoniga yaqin shaxslardan bo’lgan. Yosh Alisherning 
otasi  uning  iqtidorini  zukkolik  bilan  anglagan  holda  har  tomonlama  kamol  topishi 
uchun  zarur  shart-sharoitni  yaratishga  harakat  qilgan.  1449  yilda  sal  kam  40  yil 
hukmronlik  qilgan  Shohrux  Mirzo  vafotidan  keyin  mamlakatda  tartibsizliklar 
boshlandi.  Shu  sababli  Alisherlar  oilasi  1449  yilda  oilasi  bilan  Iroqqa  ko’chdi. 
Ko’chish  vaqtida  Alisher  “Zafarnoma”  asarining  muallifi  Sharofiddin  Ali  Yazdiy 
bilan  uchrashishga  muvaffaq  bo’lgan.  1452  yilda  taxtga  Abulqosim  Bobur  Mirzo 
o’tirganidan keyin, Alisherning otasi Sabzavor shahriga hokim etib tayinlandi. Ammo 
ko’p  o’tmay,  u  vafot  etdi.  Shundan  so’ng  Abdulqosim  Bobur  Mirzo  Alisher  va 
Husaynni Mashhad shahriga olib ketadi.  
O’spirin  yoshida  Alisher  bir  muddat  (1466-1469  y.y.)  Samarqandda  yashab, 


 
145 
ulug’  mutafakkir  Fayzulloh  Abu  Laysdan  ta’lim  oldi.  Sulton  Husayn  Bayqaro 
(hukmronlik  davri:  1469-1506  yillar)  Xuroson  taxtini  egallagandan  so’ng    do’sti 
Alisher Navoiyni Hirotga chorlab, dastlab muhrdorlik, 1472 yilda esa vazirlik, 1487 
yilda esa Astrobodga hokimlik lavozimiga tayinlaydi. Qanday lavozimda ishlashidan 
qat’iy nazar Alisher Navoiy ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishga e’tiborni qaratdi. 
O’z  mablag’idan  rabot,  ko’prik,  xanaqo,  masjid,  maktab,  madrasa  va  shifoxonalar 
qurdirdi. Muhtojlarga ehson ulashdi, ilm ahliga homiylik qildi. Ulug’ alloma 1501 yil 
3 yanvar kuni Hirot shahrida vafot etdi. 
Alisher  Navoiy  o’zidan  boy  madaniy  meros  qoldirdi.  Alloma  tomonidan 
yaratilgan  asarlar  orasida  “Xamsa”,  “Xazoyin  ul-maoniy”  (“Ma’nolar  xazinasi”), 
“Vaqfiya”,  “Nazm  ul-javohir”  (“Hikmatli  so’zlar  majmuasi”),  “Tarixi  anbiyo  va 
hukamo” (“Payg’ambarlar va tabiblar tarixi”, “Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar” 
tazkira),  “Mezon  ul-avzon”  (“Vaznlar  o’lchovi”),  “Mahbub  ul-qulub” 
(“Ko’ngillarning sevgani”).  
Ulug’  alloma  o’z  mablag’lari  evaziga  Ixlosiya  madrasasini  qurdiradi,  uning 
yonidan  maktab  ochib,  o’z  vaqfidan  mablag’  ajratdi.  Madrasada  tahsil  olayotgan 
talabalarning  tartib-intizomga  qat’iy  amal  qilishlarini  shaxsan  o’zi  nazorat  qiltib 
boradi. 
Alisher  Navoiyining  “Mahbub  ul-qulub”  asari  negizida  insonparvarlik, 
xalqparvarlik  g’oyalari  yotadi.  Alloma  inson  haqida  qayg’uradi,  uning  dardini 
chekadi.  Chin  insoniy  fazilatlarni  ulug’laydi,  ayrim  kimsalar  qiyofasida  namoyon 
bo’ladigan  illatlarni  qoralaydi.  Asar  quyidagi  asosiy  qismlardan  iborat:  1-qism  – 
“Haloyiq  ahvoli  va  afgori,  aholining  kayfiyati”.  Unda  turli  tabaqalarning  ijtimoiy 
maqomi, vazifasi haqida so’z yuritiladi. Dehqonlar va ularning  mehnati ulug’lanadi. 
2-qism – “Yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to’g’risida”. Bu qismda Odob va axloqqa 
oid masalalar yoritiladi. Odabli insonlar ulug’lanishi, hurmatli bo’lishi ko’rsatiladi. 3-
qism  –  “Turli  foydali  maslahatlar  va  maqollar”.  Ushbu  qismda  esa  Saxiylik, 
oliyjanoblik, muruvvat, karam, vafo, muloyimlik kabi insoniy xislatlar tahlil etiladi. 
Alloma murabbiylarning xizmatlarini yuksak baholaydi, ularga nisbatan cheksiz 
hurmat  bildiradi.  Murabbiylarning  mehnati  mashaqqatli  ekanligini  ta’kidlaydi.  Bu 
o’rinda  “Mahbub  ul-qulub”  asarida  quyidagilarni  bayon  etadi:  “Uning  ishi  odam 
qo’lidan  kelmas,  odam  emas,  balki  dev  ham  qila  bilmas.  Bir  kuchli  kishi  bir  yosh 
bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim 
bunga  nima  yetsin.  Shunisi  ham  borki, u  to’dada  fahm-farosati  ozlar  bo’ladi,  unday 
kishiga  yuzlarcha  mashaqqat  kelsa  qanday  bo’ladi.  Har  qanday  bo’lsa  ham,  yosh 
bolalarga  uning  haqqi  ko’pdir.  Agar  shogird  podshohlikka  erishsa  ham  unga 
(muallimga) qulluq qilsa arziydi. 
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, 
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 
Alisher  Navoiy  o’qituvchining  hurmatini  qanchalik  yuqori  deb  bilsa,  ularning 
faoliyatiga  nisbatan  talabni  shunchalik  oshiradi.  Mutafakkirning  fikriga  ko’ra, 
mudarrislar  nafaqat  bilimli,  fozil  va  dono,  balki  ma’naviy  jihatdan  barchaga  o’rnak 
bo’la  oladigan,  kamtarin,  ilmi  toliblarga  o’rnak  bo’la  oladigan,  kasbiga  mehr  bilan 
yondashadigan,  qilgan  mehnati  uchun  ta’ma  qilmaydigan,  nojoiz  xatti-harakatlarni 
sodir  etmaydigan  shaxslar  bo’lishlari  zarurligini  aytadi:  “mudarris  kerakki,  g’arazi 


 
146 
mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga 
havas  ko’rgazmasa  va  olg’irlik  uchun  gap-so’z,  g’avg’o  yurgizmasa,  nodonlikdan 
sallasi  katta  va  pechi  uzun  bo’lmasa,  gerdayish  uchun  madrasa  ayvoni  boshi  unga 
o’rin  bo’lmasa…  Yaramasliklardan  qo’rqsa  va  nopoklikdan  qochsa,  nainki,  o’zini 
olim  bilib,  necha  nodonga  turli  xil  fisq  ishlarni  mumkin,  balki  halol  qilsa;  qilmas 
ishlarni  qilmoq  undan  sodir  bo’lsa  va  qilar  ishlarni  qilmaslik  unga    qoida  va  odat 
bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish