Namuna ko’rsatish
– ota-onalar, o’qituvchilar, yoshi katta kishilar,
tengdoshlarning bolalar, o’smirlarga yurish-turishda, xulq-atvorda, shaxslararo
muloqot va munosabatda, biror ish-harakatni bajarishda, muayyan faoliyatni tashkil
etishda o’rnak, ibrat bo’lishlarini ifodalovchi usul.
Namuna
– shaxsga atrofdagilar (o’qituvchilar, ota-onalar, yoshi katta
kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish, kundalik
faoliyatni tashkil etishda o’rnak, ibrat bo’la olishlarini ifodalovchi metod.
O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va
ibrat olishlari nihoyatda muhim. O’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi yoshlarga
katta ta’sir ko’rsatadi. Yosh avlod uchun quyidagi pedagogik hodisalar namuna bo’la
oladi: ota-onalarning yurish-turishi, bir-birlariga bilan o’zaro munosabatlari, kundalik
faoliyatni tashkil etishlari, atrofdagilar nisbatan yondashuvlari; o’qituvchilarning
hamkasblari, rahbarlari, o’quvchilar bilan o’zaro munosabatlari, nutq va muomala
odobi, kasbiy faoliyatni olib borishdagi mas’uliyatlari; ishlab chiqarish ilg’orlari,
umuminsoniy va milliy ilm-fan, madaniyat ravnaqiga munosib hissa qo’shgan
shaxslarning
hayoti,
faoliyati;
badiiy
asarlar,
kinofilmlar,
spektakllar
qahramonlarining xatti-harakatlari, ma’naviy qiyofasi; afsonaviy, tarixiy milliy
qahramonlar, Vatan ozodligi uchun kurashgan shaxslarning jasoratlari; favqulodda
vaziyatlarda fuqarolik, insoniylik burchini sidqidildan ado etgan shaxslarning xatti-
harakatlari; tengdoshlarning ijtimoiy munosabatlar jarayonida, turli vaziyatlarda
o’zlarini tuta olishlari, irodali, matonatli, axloqli ekanliklarini namoyon eta olishlari
va b. O’quvchilar, odatda, o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladi.
Atrofdagilarning xulq-atvori bolalarda yaxshi, esa yomon sifatlarning ham tarkib
topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday
holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo’lishmasin, atroflarida
bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalar so’z va amaliy harakatlarida tafovut
bo’lmasligini ta’minlashlari maqsadga muvofiqdir. Ilg’or kishilarning hayoti va
faoliyatidan
olingan
ma’lumotlar, adabiy asar, kinofilm va spektakllar
qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli
ta’sir qiladi. Namunada xalq pedagogikasi g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-
onalar o’z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim
doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |