124
Kengash a’zolarining uchdan bir qismi qo’llab-quvvatlasa, mazkur taklifning
muhokama qilinishini talab etishi mumkin. Maktab kengashi bilan ma’muriyat
o’rtasida yuzaga kelgan munozarali masalalar maktab jamoasi konferensiyasi
(umumiy yig’ilishi) yoki xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va
tashkil etish tuman (shahar) bo’limi kengashida hal qilinadi. O’quv-tarbiya jarayonini
rivojlantirish va takomillashtirish o’qituvchi, tarbiyachilarning kasb mahoratlari,
ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida pedagog xodimlarni birlashtiruvchi maktab
Pedagogika kengashi – hayat organi tashkil etiladi.
U quyidagi vakolatlarga ega: maktab jamoasi konferensiyasi qarorlari
bajarilishini tashkil etish; maktab jamoa a’zolarining takliflari va tanqidiy fikr-
mulohazalarining qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qilish; maktabni
rivojlantirish rejasini tasdiqlash; direktor bilan birgalikda davlat va jamoat
tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalash, shuningdek, ota-onalar (yoki ularning
o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan birgalikda davlat va jamoat tashkilotlari
o’quvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda ularning
ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi; metodik va pedagogik kengashlar taqdimiga ko’ra
maktab ta’limini ta’minlashning tarkibiy qismini belgilash, o’qitish va mehnatga
tayyorlash ixtisoslarini tanlash; maktab ish tartibi, o’quv haftasi va o’quv mashg’uloti
davomiyligi, 1-sinfga qabul qilish yoshini, o’quvchi formasining zarurati va
ko’rinishini belgilash, tegishli organlar bilan kelishilgan holda birinchi, shuningdek,
navbatdagi sinflar sonini aniqlash; byudjet mablag’larini sarflash hisobotlarini ko’rib
chiqish, mablag’ bilan ta’minlashning turli manbalaridan foydalanib o’z fondini
shakllantirish, maktabning byudjet va byudjetdan tashqari mablag’laridan
foydalanishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash; ayrim pedagoglar, maktab direktori
va uning o’rinbosarlarining ishi haqidagi hisobotlarni tinglash, egallab turgan
lavozimlariga muvofiqliklari yoki nomuvofiqliklari munosabati bilan ularning
vakolatlarni uzaytirish yoki to’xtatish haqida, shuningdek, ularning ishini
takomillashtirish yuzasidan konferensiyaga takliflar kiritish; amaldagi qonunchilik
doirasida pedagog xodimlar va maktab ma’muriyatining kasb hamda lavozim
faoliyatiga asossiz aralashishdan himoya qiluvchi zarur chora-tadbirlarni ko’rish,
maktab jamoasi mustaqilligini cheklovchi har qanday ma’muriy buyruqbozlikka yo’l
qo’ymaslik, mazkur masalalar bo’yicha tegishli organlarga murojaat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: