B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Maktabgacha tarbiya
 –
  
maktabgacha ta’lim  yoshidagi bolani sog’lom bo’lib, 
har  tomonlama  kamol  topishini  ta’minlash,  unda  o’qishga  intilish  hissini  uyg’otish, 
uni muntazam ta’lim olishga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayon.
 


 
122 
Maktabgacha  ta’lim  davri 
–  yosh  davrlarining  muhim  bosqichi  bo’lib,  u  o’z 
ichiga 3-7 (6) yoshgacha bo’lgan biologik davrni qamrab oladi. Bu yosh davri boshqa 
yosh  davrlaridan  o’ziga xos  jihatlariga ko’ra  farqlanadi. Farqlar  maktabgacha  ta’lim 
davrida  bola  shaxsi,  xulq-atvorida  ro’y  beradigan  o’zgarishlar  bilan  izohlanadi. 
Mazkur  davrda  bolaning  harakatchanligi,  idroki  va  nutqi  zo’r  berib  taraqqiy  qiladi. 
Unda tafakkur yuzaga keladi. Uning tafakkuri dastlab “predmetli (obrazli) tafakkur” 
sanaladi,  unga  ko’ra  bola  o’zi  idrok  qilgan  narsalar,  shuningdek,  atrofdagi  narsalar 
haqida fikrlay oladi. Mazkur yosh davridagi tafakkur bolaning predmetlarga bo’lgan 
munosabatida  ifodalanadi.  Uning  nutqi  tafakkuri  bilan  uzluksiz  holda  o’sadi.  Uch 
yoshda  kundalik  turmushda  ishlatiladigan  so’zlarni,  nutqning  oddiy  grammatik 
shakllarini o’zlashtirib oladi. Bu davrda sezgilar, atrofdagilarga munosabat tuyg’ulari 
ko’zga tashlana boshlaydi.  
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning hissiyotga beriluvchanligi uning faolligi, 
harakatchanligida ko’rinadi. Bu yoshda bola o’ynay boshlaydi, uning o’yinlari asosan 
katta yoshdagi kishilar, o’zidan katta bolalarning harakatlariga taqlid qilishdan iborat 
bo’ladi. Bola ikki yoshga to’lib, uch yoshga o’tganda undagi ixtiyorsiz  faollikni asta-
sekin ixtiyoriy faollik egallay boshlaydi. Endilikda u kattalar tomonidan topshirilgan 
oddiy yumushlarni bajara oladi. Shu bilan birga  ixtiyoriy diqqat ham o’sa boshlaydi. 
Aynan  shu  yoshda  bolada  “men”lik    yuzaga keladi.  U  o’zini atrofdagi  tengdoshlari 
bilan  solishtiradi,  ulardan  o’zini  ajrata  boshlaydi.  Bunday  harakatlarni  “mening 
o’zim”,  “men  istayman”,    “men  istamayman”,  “men  o’zim  bajaraman”  yoki  “men 
buni  bajara  olmayman”  kabi  so’zlar  bilan  ifodalaydi.  Tevarak-atrofdagi  narsalarga 
muayyan ta’sir ko’rsatish bilan birga ularga nisbatan o’z munosabatini bildiradi. Bola 
atrofdagilar  bilan  muloqot-munosabatda  ularning  xatti-harakatlarini,  boshqalarga 
yondashuvlarini “yaxshi” va “yomon” deya baholaydi.  
Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bola  faoliyatining  asosiy  turi  o’yin  sanaladi.  U 
o’yin orqali tevarak-atrofni, unda kechayotgan voqea-hodisalar mohiyatini bir qadar 
bilib oladi. O’yinlar asosida maktabgacha ta’lim yoshi bolalarida ijodiy xayol, zehn, 
fahm-farosat,  topqirlik  kabi  sifatlar  tarbiyalanadi.  O’yin  yordamida  ularning 
hissiyotlari shakllanadi: bu jarayonda bolalar  o’zlarini tetik his qiladi, erishilayotgan 
yutuq, muvaffaqiyatidan  zavqlanadi. Jamoaviy  o’yinlar  orqali  bolalarda  o’rtoqlik va 
do’stlik  hislari  tarkib  topadi.  Rolli,  muayyan  qoidalarga  muvofiq  o’ynaladigan 
o’yinlar 
bolalarda 
kuzatuvchanlik 
qobiliyatini 
o’stiradi, 
xotirasini 
mustahkamlanishiga yordam beradi, intizomlilikni tarbiyalaydi. 
Mazkur yosh davrida bola o’z kuchi va egallagan ko’nikmalariga tayangan holda 
rasm  chizadi,  turli  narsalarning  loyiha  (konstruksiya)larini,  turli  materiallardan, 
loydan,  plastilindan  buyumlar  yasaydi.  Olti-etti  yoshga  to’lganda  bolada  o’qishga 
bo’lgan qiziqish, intilish yuzaga keladi. Maktab hayoti uning uchun qiziqarli, maroqli 
tuyuladi, o’qishga boradigan birinchi kunni intiqlik bilan kutadi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish