Ijtimoiy pedagogika
– shaxsni ijtimoiylashtirish qonuniyatlari, ijtimoiy
muammolarni pedagogik nuqtai nazardan hal qilish, ijtimoiy pedagogik faoliyatni
samarali tashkil etish texnologiyalarini yaratish masalalarini o’rganadigan fan.
Ijtimoiy psixologiya
– ijtimoiy subyektlarning turli ijtimoiy guruhlardagi xulq-
atvori va faoliyati qonuniyatlarini, shuningdek, ushbu guruhlarning psixologik
xususiyatlari o’rganuvchi fan; psixologik fanlardan biri.
Ijtimoiy reabilitatsiya
(yun. “rehabilitas” – qobiliyatni tiklash) – anomal
bolalarning psixologik-fiziologik imkoniyatlariga ko’ra ijtimoiy muhitda ishtirok
etishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy hayot va mehnatga jalb etishga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash
– shaxsning ijtimoiy-obyektiv hayotga nisbatan
siyosiy qarashlari, siyosiy faoliyatga bo’lgan munosabatining umumlashtirilgan
tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |