B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Fiziologiya
 – odam, hayvon yoki o’simlik organizmi, ularning alohida bo’laklari 
–  muayyan  tizimlari,  a’zolari,  to’qimalari,  hujayralarining  hayot  faoliyati  (paydo 
bo’lish, o’sish, rivojlanish, ko’payish, atrof-muhitga moslashish kabi jarayonlar), ular 
o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni tadqiq qiluvchi fan. 
 
Forobiy, Abu Nasr 
(873-950 y.y.) – alloma, faylasuf, Sharq mutafakkirlaridan 
biri. Mutafakkir 873 yilda Sirdaryo bo’yida joylashgan Forob qishlog’ida tug’ilgan. 
Bo’lajak  alloma  boshlang’ich  ma’lumotni  o’z  yurtida  olgan.  5  yoshda    yozish    va  
o’qishni  bilar  edi.  Juda  yoshligidan    o’rta  asr  fanlarini  chuqur  o’rgangan.  Ilmiy 
bilimlarini mustahkamlash maqsadida 10 yoshida Shosh, Samarqand va Buxoro kabi 
shaharlarga  kelib  ta’lim  olgan.  Biroq,  bu  yerlarda  ham  ilmga  bo’lgan  chanqog’ini 
qondira  olmadi.  Shu  sababli  Eronning  Ray,  Hamadon  shaharlarida  bo’lib,  umrining 
40  yildan  ortig’ini  Bag’dodda  o’tkazgan.  Bir  vaqtning  o’zida  arab,  fors,  yunon 
tillarini o’rgangan.  
Ulug’  alloma  garchi  aniq  fanlar  –  ilmi  nujum,  riyoziyot,  musiqa,  tabobat 
fanlariga  qiziqsa-da,  ko’proq  falsafa  ilmi  bilan  shug’ullangan.  Tarixiy  manbalarga 
ko’ra  Buxoroda  bo’lgan  kezlarida  Buxoro  amiri  Mansur  ibn  Nux  Somoniyning 
iltimosiga  ko’ra  falsafiy  asari  –  “At-taxlimiy”ni  yozgan.  Mazkur  asari  tufayli 
“Muallim  as-soniy”  (“Ikkinchi  muallim”)  nomini  olgan.  Alloma  70  dan  ortiq  tilda 
so’zlasha olgan, 160 dan ortiq asarlar yozgan. Bizgacha allomaning 40 ga yaqin asari  
yetib kelgan, xolos. 
Abu  Nasr  Forobiy  tomonidan  yaratilgan  asarlarni  ularning  mazmuniga  ko’ra 
yetti  guruhga  bo’lish  mumkin.  Bu  kabi  turkumlashda  asosiy  o’rinni  tarbiya 
masalasiga  bag’ishlangan  asarlardan  iborat  yettinchi  guruh  egallaydi.  Bu  guruhga 
allomaning  “Baxt-saodatga  erishish  yo’llari  haqida  risola”,  “Fozil  odamlar  shahri”, 
“Fazilatli xulqlar”, “Shaharni o’rganish haqida” kabi asarlar kiritiladi. 
Alloma  ijtimoiy  fanlar  yo’nalishida  birinchi  bo’lib,  “ta’lim”  va  “tarbiya” 
tushunchalarini ta’riflagan. Uning fikricha, ta’lim – so’z va o’rganish bilan, tarbiya – 
amaliyot, ish-tajriba asosida amalga oshiriladi. 
Abu  Nasr  Forobiy  insoniy  fazilatlarni  quyidagi  ikki  guruhga  ajratadi:  1.  Fikriy 
fazilat (u aqliy quvvatga kirib,  aqllilik, donolik fahm-farosatlilik zehnlilikdan iborat). 
2. Xulqiy fazilat (u intiluvchi quvvatga kirib iffat, shijoat, saxiylik va adolatlilikni o’z 
ichiga  oladi).  Alloma  insonga  xos  fazilatlar  ichiga  eng  yomoni  sifatida  razillikni 
qoralaydi.  Tarbiya  muammosi  allomaning  falsafiy  bilimlari  tizimida  alohida  o’rin 
tutadi.  Uning  konsepsiyasiga  ko’ra  tarbiyaning  maqsadi  –  insonda  ezgu  ishlarni 
amalga  oshirishga  imkon  beradigan  yaxshi  fazilatlarni  tarbiyalash  orqali  uni  baxtga 
olib  borish  hisoblanadi.  Biroq,  yaxshi  fazilatlarga  ega  bo’lish  uchun  inson  o’zida 
axloqni hosil qiluvchi bilimlarni o’zlashtira olishi lozim. 


 
67 
Ulug’  mutafakkirning  ilmiy  asarlarida  bilish  orqali  yaxshi  fazilatlarni 
o’zlashtirishga  oid  metodlar  yoritilgan.  Alloma  tarbiya  metodlarining  asosiy  turlari 
deya  quyidagilarni  ko’rsatadi:  1.  “Yumshoq”  metodlar.  Agar  tarbiyalanuvchilar 
o’zlari  fanlarni  o’zlashtirish  xohishlarini  namoyon  etsa,  mehnat  qilishga  va  ezgu 
ishlarni  amalga  oshirishga  rag’bat  bildirsa,  bunday  holatda  ularning  intilishlarini 
kuchaytiruvchi “yumshoq” metodlarni qo’llash o’rinli. 2. “Qattiq metodlar”. Agarda 
vasiylikka  olingan  shaxs  (bola)larning  o’zlari  yomon  fe’lli,  dangasa  bo’lsa,  ularga 
nisbatan  “qattiq”  metodlarni  qo’llash,  ularni  yaxshi  fazilatlarni  egallashga  majbur 
qilish  maqsadga  muvofiq  sanaladi.  Mazkur  metodlarni  qo’llashda  tarbiyachining 
o’zida  mavjud  bo’lgan  axloqiylik  darajasini  aniqlab  olish  lozim.  Shu  sababli 
tarbiyaviy  faoliyat tarbiyalanuvchi  ega bo’lgan  tajriba  bilan   tarbiyachining  chuqur, 
keng  bilim  va  yuqori  axloqiy  sifatlarga  egaligining  o’zaro  muvofiq  kelishini  taqozo 
etadi. 
Sharqning boshqa mutafakkirlari qatori Abu Nasr Forobiy ham tarbiya maqsadi 
va  vositalarini  o’rganishda  sezilarli  darajada  Aristotelning  g’oyalariga  tayanadi, 
ya’ni,    axloqiylik  insonning  psixologik-biologik  xususiyatlariga  ko’ra  meros  bo’lib 
o’tmaydi,  balki  rejali  bajarilgan  mashqlar  va  odatlarning  “izi”  sanaladi.  Sharq 
allomalari  qadimgi  yunon  olimlarining  g’oyalariga  yuksak  darajada  hurmat 
ko’rsatganliklariga  qaramay,  ayrim  qarashlarga  qo’shilmaydilar.  Bu  o’rinda  Abu 
Nasr  Forobiy  Aristotelning  axloqiy  qoidalar  va  ularning  majmuini  yorituvchi  ilmiy 
ishlari universal va mutloq xarakter kasb etishini ta’kidlab o’tadi. Allomaning fikriga 
ko’ra,  har  qanday  axloqiy  fazilat  ham  qiyin  vaziyatlarda  o’zgarishi  mumkin.  Qalbi 
ezguliklarga to’lgan, dolzarb axloqiy  yo’nalish olmagan, hissiy kechinmalari yetarli 
darajada namoyon bo’lmaydigan bola uchun ham unga ijobiy ta’sir ko’rsata oladigan 
muhit  yaratilishi  zarur.  Insonning  axloqiy  qiyofasini  yaratishda  muayyan  muhitda 
shaxslar  o’rtasida  namoyon  bo’ladigan  o’zaro  munosabatlar  va  inson  irodasi  hal 
qiluvchi omil sanaladi.  
Alloma  bilimlarni  o’zlashtirishda  quyidagi  uch  o’zgarmas  sharoitlar  mavjud 
bo’lishi zarurligini ko’rsatadi: qat’iy qoidalar, tamoyillarga muvofiq rahbarlik qilish; 
muayyan  fanga  taalluqli  amaliy  natijalar  asosida  xulosalar  chiqarish;  boshqalarning 
fikr-mulohazalariga tanqidiy yondashish.  
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish