B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Bolani  parvarishlash
  –  bolani  uning  yoshligidan  asrab-avaylab,  voyaga 
yetkazish orqali ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik sifatlarga ega bo’lishini, ruhan 
kamol topishini ta’minlash. 
 
Bosqichli  nazorat
  –  o’quv  yili  tamom  bo’lgandan  keyin  imtihonlar,  test 
sinovlari va b. ko’rinishdagi sinovlar shaklida amalga oshiriladigan nazorat turi.
 
 
Boshlang’ich  ta’lim  davri 
–  o’zida
 
6-7  yoshdan  10-11  yoshgacha  bo’lgan 
bolalarni  qamrab  olib,  ularda  savodxonlik,  bilim,  ko’nikma,  malakalar 
shakllantiriladigan bosqich. Bu davrida maktabgacha ta’lim yoshi bolalari uchun xos 
bo’lgan  o’yin  faoliyatining  o’rnini  o’qish  faoliyati  egallaydi.  O’qib-o’rganish 
bolaning  vazifasi,  ijtimoiy  burchi  bo’lib  qoladi.  O’qish  jarayonida  u  o’zining 


 
41 
darsliklari, o’quv qurollarini saranjom saqlash, o’z vaqtida o’rnidan turish, maktabga 
belgilangan  vaqtda  borish,  uyga  berilgan  vazifalarni  bajarishga  oid  ko’nikmalarni 
o’zlashtiradi. O’quvchi tobora masuliyatli bo’lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini 
o’stiradi,  aqliy  rivojlanishini  ta’minlaydi,  sezgilari  va  irodasining  o’sishiga  ta’sir 
ko’rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo’ladi.  
Boshlang’ich  sinfda  o’quvchi  xotirasida  o’zgarishlar  ro’y  beradi.  O’quvchi 
birinchi sinfdan boshlab ta’lim jarayonida o’quv materialining ko’p qismini  ixtiyoriy 
ravishda  eslab qoladi.  Shu  bilan birga  o’z-o’zini doimo  nazorat  qilib borishi lozim. 
Buning  natijasida  o’quvchining  xotirasi  takomillashadi,  tafakkuri  o’sadi.  7-8  yoshli 
bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo’ladi. Ular o’zlari idrok etgan yoki 
tasavvur  qilgan  narsalar  haqidagina  fikr  yuritadi.  Mantiqiy  tafakkurning  dastlabki 
ko’rinishlari  shakllana  boshlaydi.  Uchinchi  va  to’rtinchi  sinflarda  o’quvchilar  ilmiy 
bilimlarga  oid  ayrim  tushunchalarni  ham  o’zlashtirib  oladi.  Bu  davrda 
o’quvchilarning  ruhiyatida  hissiy  kechinmalar  yuz  beradi.  Boshlang’ich  sinf 
o’quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular ta’lim olishni 
burch  ekanligini  anglab  yetadi.  Dars  vaqtida  o’quvchi  faoliyatiga  qo’yilgan  yuqori 
baho  o’quvchilarda  ruhiy  tetiklik,  shodlik,  iftixor  kabi  hissiy  kechinmalarni 
tug’diradi.  
Yomon  baho  olganda  esa  o’zidan  norozi  bo’lish,  pushaymon  qilish  kabi  salbiy 
kechinmalar  sodir  bo’ladi.  O’quvchilar  yaxshi  o’qishni  istaydi,  ammo  ayrimlar 
yomon  baho  tufayli  o’zlariga  ishonmay  qoladi,  umidsizlik  va  tushkunlikka  tushadi. 
Bu esa o’qituvchidan xushyorlikni talab qiladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy jihatdan nisbatan tekis o’sadi, o’g’il va 
qiz bolalar tashqi ko’rinishidan bir-birlaridan kam farqlanadi. Jismoniy o’sishga xos 
bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish 
va  o’rganishga  qiziquvchan  bo’ladi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  bo’ylari 
o’rtacha  120  sm,  og’irliklari  22  kg  atrofida  bo’ladi.  Suyaklarida  tog’aylik  ustun, 
naysimon  ilik  suyaklari,  asosan,  eniga  o’sadi,  bo’g’inlar,  ko’krak  qafasi,  umurtqa 
pog’anasi  va  tos  suyaklar  yaxshi  qotmagani  tufayli  tez  shikastlanadi.  Bu  davrda 
o’quvchilarning  muskul paylari, bo’g’inlar tez o’sishi tufayli ular serharakat bo’ladi. 
Bosh  miyasi  tez  rivojlanadi,  12  yoshda  miyaning  og’irligi  kattalarniki  bilan 
tenglashsa-da,  tuzilishi  jihatidan  farq  qiladi.  Yurak,  qon  aylanish  tizimi  va  nafas 
organlari o’sishda davom etadi. O’pka yaxshi rivojlangan bo’lsa-da, biroq, nafas yo’li 
va diafragma bo’sh rivojlangan bu yoshda o’quvchilar uzoq vaqt harakatsiz tursalar 
nafas olishlari qiyinlashib, organizmning kislorod bilan  ta’minlanishi yomonlashadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yuragi o’zidan kattalarnikiga nisbatan ikki marta 
ko’p  qon  chiqarib,  yurak  urushi  bir  daqiqada  90-92  martani  tashkil  etadi.  Qon 
tarkibida  oq  qon  tanachalari  ko’p,  bu  esa  ularni  asabiylashishdan  saqlash,  ko’proq 
harakat  qilish,  ochiq  havoda  bo’lish,  yetarlicha  uxlash  va  dam  olish,  stul  (parta)da 
to’g’ri o’tirish, o’rinda tekis yotishga odatlantirish zarur. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish