Bilim olish
– shaxsning borliqni idrok etishi, o’rganishi, mashq qilishi va
muayyan tajriba asosida xulq-atvor, faoliyat ko’nikma, malakalarini mustahkamlashi,
mavjud bilimlarini takomillashtirib, boyitib borishini ifodalovchi jarayon. Shaxs
mavjud ilmiy bilimlarni quyidagi tamoyillarga muvofiq egallaydi: ilmiylik,
tushunarlilik, aniqlik, ishonchlilik, mukammallik, chuqurlik, tizimlilik.
Bilim
–
shaxsning ongida tushuncha, sxema, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks
etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. U insoniyat
tomonidan to’plangan jamoaviy tajriba mahsuli hamda obyektiv borliqni anglash
natijasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |