Baynalmilallik
(“inter” – orasida, o’rtasida, birgalikda, aro, “nation” – xalq) –
o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi,
tili, vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni
ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biri.
Baynalmilallik tarbiyasi
– shaxsda o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari,
erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili, vijdon erkinligini hurmat qilish,
ularning milliy manfaatlariga ziyon etkazmaslik kabi sifatlarni shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni. Baynalmilallik tarbiyasining maqsadi
o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi,
tili, vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning milliy manfaatlariga ziyon etkazmaslik
kabi sifatlarni shakllantirish, o’zga millat va elatlarning vakillari bilan o’zaro do’stlik
aloqalarini o’rnatishga tayyorlashdan iborat. Baynalmilallik tarbiyasini tashkil etish
jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: o’quvchilarni o’zga millat va elatlarning
haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, til xususiyatlari bilan
yaqindan tanishtirish; ularga o’zga millat va elatlarning tarixi, bugungi taraqqiyoti,
umuminsoniyat madaniyatiga qo’shgan hissasi, jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rni,
vijdon erkinligiga oid ma’lumotlarni berish; o’quvchilarda o’zga millat va
elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, til
xususiyatlari, vijdon erkinligiga hurmat, milliy manfaatlariga ziyon yetkazmaslik
kabi sifatlarni shakllantirish; ularni o’zga millat va elatlarning vakillari bilan o’zaro
do’stlik aloqalarini o’rnatishga amaliy jihatdan tayyorlash.
O’quvchi (talaba)lar o’rtasida vatanparvarlik va baynalmilallik tarbiyasi
muayyan mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferansiyasi, viktorina,
uchrashuv, ko’rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga
oshirilishi mumkin. Muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va
baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlarni birgalikda o’rganish, kinofilmlar
tomosha qilish ham o’zining ijobiy natijasini beradi. O’quvchi (talaba)larda
baynalmilallik tuyg’usini shakllantirishda ta’lim muassasasida tashkil etiladigan
“Do’stlik klubi”ning ta’siri kattadir. Turli millatlarga mansub bolalar o’rtasida
37
do’stlik aloqalarining bog’lanishi ularda bir-birlariga nisbatan hurmatni qaror
toptiribgina qolmay, o’zga millat yoki elatlarning urf-odatlari, an’analari, tili,
madaniyati va qadriyatlarini o’rganishga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |