Xulq-atvor
– shaxs organizmining muayyan shaklda namoyon bo’ladigan
obyektlar ta’siri va atrof-muhit hodisalariga qayta javobi. Uning namoyon bo’lish
shakli organizm asab tizimining tarkibiy tuzilmasi darajasiga bog’liq. Shaxs xulq-
atvori uning ichki holatini ifodalab, individual ruhiy, ma’naviy-axloqiy, fiziologik
xususiyatlari, ongi, dunyoqarashi, hayotiy maqsad, o’y-fikrlari, atrofdagilar va tabiiy
borliqqa bo’lgan munosabatini yorituvchi o’zigagina xos xususiyatlardan darak
beradi. Tashqi va ichki omillar ta’sirida shaxs xulq-atvori o’zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |