B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Xohish 

 
to’la anglangan intilish. Bunda faqat intilishning maqsadi, uni amalga 
oshirish vositalarigina emas, balki maqsadni amalga oshirish imkoniyati, ma’lum bir 
maqsadda  harakat  qilishga  tayyorlik  hamda  qilinadigan  harakatlardan  kelib 
chiqadigan natijalar ham anglaniladi.
 
 
Xos  Hojib,  Yusuf 
(tax.  1019  –  v.e.y.  noma’lum)  –  alloma,  Sharq 
mutafakkirlaridan biri, “Qutadg’u bilig” asarining muallifi. Mutafakkirning hayoti va 
ijodiga  oid  ma’lumotlar  bizgacha  to’liq  yetib  kelmagan.  Bu  to’g’risidagi 
ma’lumotlarni  allomaning  asarlarida  bayon  etilgan  fikrlardan  bilishimiz  mumkin. 
Ulug’  mutafakkir  Yusuf  Xos  Hojib  taxminan  1019  yilda hozirgi  Xitoyning  Qashqar 
viloyati (Qo’z O’rdu, ya’ni  Bolasog’un shahri)da tug’ilgan. 
O’rta  asrlarda  har  bir  davlat  o’zining  mamlakatni  idora  qilish  usuli,  siyosati 
hamda  tarbiya  tamoyillari  ifodalangan  qomus  –  Nizomnomaga  ega  edi.  E.  X  asrida  
Qoraxoniylar davlatini boshqarishda ham ana shunday  Nizomnomaga ehtiyoj sezildi. 
Ulug’ mutafakkir mazkur ehtiyojni inobatga olgan holda o’zining mashhur “Kutadg’u 
bilig” (1069-1070 y.y.) asarini yaratgan. “Qutadg’u bilig” – “Baxt-saodatga eltuvchi 
bilim” ma’nosini anglatadi. Asarda aholining ijtimoiy tabaqa, toifalari, turli tabaqa va 
toifa kishilariga xos xulq-atvor, yashash tarzi, Qoraxoniylar davlatini mustahkamlash 
imkonini  beradigan  boshqaruv  usullari,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanish 
yo’llari, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish shartlari to’g’risida so’z yuritiladi. 
Asar 6500 baytdan yoki 13.000 misradan iborat bo’lib, mazmuni 73 bobda yoritilgan. 
Adib asarni qoraxoniylar davlatining hukmdori Tavg’och Bug’roxonga taqdim etgan. 
Hukmdor  esa  allomaga  “Xos  Hojib”  (“Eshik  og’asi”)  unvonini  bergan.  Asarning 
mundarijasidan  unda  yoritilgan  g’oyalar  keng  qamrovli  ekanligini  anglash  mumkin. 
Unda  tibbiyot,  falakiyot,  tarix,  tabiiyot,  geografiya,  riyoziyot,  handasa,  falsafa, 
adabiyot, ta’lim-tarbiya, diplomatiya, fiqh sohasiga oid fikrlarni bayon etilgan. 
Asar  qahramonlari:  Kuntug’di  (hukmdor)  –  adolat  ramzi;  Oyto’ldi  (vazir)  – 
davlat  va  baxt  ramzi;  O’gdulmish  (vazirning  o’g’li)  –  aql  ramzi;  O’zg’urmish 
(vazirning  qarindoshi)  –  qanoat  timsoli.  Asar  g’oyalari  qahramonlar  o’rtasidagi 
o’zaro suhbat – savol-javoblar asosida ochib beriladi. 
Buyuk  mutafakkir  Yusuf  Xos  Hojib  “Qutadg’u  bilig”  kitobining  an’anaviy 
boshlamasidan  keyinoq  insonning  haqiqiy  baxti  bilimda  ekanligini  bayon  etadi.  U 
ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr yuritish bilan birga unga alohida boblar ham 
bag’ishlangan.  Lekin  olim  faqat  ilm-ma’rifatning  ahamiyatini  ko’rsatib  qolmaydi, 
bilim  va  zakovatning  amaliyotdagi  o’rnini  ham  yoritadi.  Asarda  yuksak  axloqiy 
fazilatlar  sifatida  insoniylik,  rostgo’ylik,  to’g’rilik,  soflik,  mehr-muhabbat,  vafo, 
shafqat,  muruvvat,  insof,  adolat,  ishonch,  sadoqat,  xushmuomalalik,  shirinso’zlik, 
saxovat,  mardlik,  himmatlilik,  tavoze,  hurmat  va  ehtirom,  tadbirkorlik  kabilar 
ulug’lanadi.  Yolg’onchilik,  noinsoflik,  fisqu  fasod,  bevafolik,  mehrsizlik,  dag’allik, 


 
228 
qo’pollik,  baxillik,  nomardlik,  uquvsizlik,  hurmatsizlik,  nodonlik,  johillik, 
haromxo’rlik, ochko’zlik kabi illatlar qoralanadi. 
“Qutadg’u bilig”da yana jumboqlarni yechish usullaridan ham foydalanilgan. Bu 
uslub  o’quvchini  asarga  qiziqtiradi,  uni  o’qimishli  qiladi.  Hozirgi  davrda  bu 
muammoli  ta’lim  deb  yuritiladi.  Ammo  tarbiya  va  ta’lim  merosimizda  jumboq-
muammoli ta’lim o’ziga xos xususiyatga ega. M: asardagi Kuntug’mish (Elig) bilan 
Oyto’ldi  munozarasida  olim  quyidagi  fikrlarni  ilgari  suradi:  Elig  Oyto’ldiga  o’rin 
berganda  u  o’tirmaydi.  Bu  uning  “xon  yonida  menga  o’rin  yo’q”,  -  degan  edi. 
Oyto’ldi yerga koptok qo’yib, unga o’tiradi. Bu bilan u “davlat koptok kabi barqaror 
emas, bir joyda turmaydi”, degan ma’noni uqtirishga urinadi. Elig boqqanda ko’zini 
yumib  oladi.  Bu  bilan  u  “davlat  ham  ko’r  kishi  kabi  bo’ladi,  kimga  ilashsa,  unga 
qattiq  yopishib  oladi”,  degan  ma’noni  uqtirishga  urinadi.  Oyto’ldining  yuzini 
yashirgani esa “barcha qilmishlarim, ya’ni davlat jafo, unga ishonma”, degani bo’lib, 
bu  orqali  u  kishi  davlat  va  baxtdan  quvonib,  ortiqcha  g’ururlanib  ketmay,  aksincha, 
o’zini  ehtiyot  qilishi,  yig’ilgan  narsalarni  me’yorida  sarflashi,  bexud  bo’lib, 
ichkilikka berilmaslik, narsalarni sovurmaslik kerakligini ta’kidlaydi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish