Vosita
(a. “vosidat” – chora, tadbir, usul, o’rta, o’rtadagi) – muayyan maqsadga
erishish yoki ma’lum ish-harakat, faoliyatni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan
narsa, qurol; ma’lum harakat, faoliyatnini amalga oshirishda foydalaniladigan narsa.
K.D.Ushinskiy o’qish va mehnatni shaxs ongi, his-tuyg’ulari va xulq-atvoriga ta’sir
etuvchi vosita sifatida e’tirof etadi. Pedagogning qayd etishicha, o’yin, o’quvchining
ishi va o’qishidan tashqari, uning hayoti – o’rtoqlariga va tarbiyachilari
(o’qituvchilar, ota-onasi)ga bo’lgan munosabatini ham vosita deb qabul qilish
mumkin. Mehnat shaxsni tarbiyalashning eng ta’sirchan vositasidir. Zero, mehnat
yordamida shaxsda ma’naviy-axloqiy va estetik his-tuyg’ular shakllantiriladi, bilim,
ishonch, e’tiqod, ezgu g’oyalar hosil qilinadi, xarakter, iroda va b. sifatlar
tarbiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |