Vatanfurush
(vatan + f. “furush” – sotuvchi) – o’z Vataniga, xalqiga, millatiga
xiyonat qiluvchi, Vatan, millat, xalq manfaatlariga ziyon yetkazuvchi, moddiy boylik
orttirish, qandaydir manfaat ilinjida o’z yurti, mamlakatini sotuvchi shaxs.
Vatanparvarlik
(vatan + f. “parvar” – g’amxo’rlik qiluvchi) – shaxsning o’zi
mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, bugungi
taraqqiyoti, xalq farovonligi to’g’risida qayg’urishi, Vatan ozodligi, mustaqilligi
uchun kurashishi, mamlakat hududini muhofaza qilishi, uning porloq istiqboliga
bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Do'stlaringiz bilan baham: |